Bugun Toşkentdagi uçta tibbiyot muassasasida jami 77 nafar bemor soğayib, öz uylariga kuzatildi.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 21 nafar bemor tuzaldi, ularning 16 nafari erkak, 5 nafari ayol bölib, yoşi kattasi 61 yoşda, kiçigi esa 9 yoşda. Hududlar kesimida olinsa, Toşkent şahridan 6 nafar, Toşkent viloyatidan 4 nafar, Namangan viloyatidan 3 nafar, Qaşqadaryo, Farğona va Samarqand viloyatidan 2 nafardan, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatidan 1 nafardan.
Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 11 kişi tuzalgan, ularning 9 nafari erkak, 2 nafari ayol bölib, yoşi kattasi 63 yoşda, kiçigi esa 10 yoşda. Hududlar kesimida olinsa, Toşkent şahridan 3 nafar, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Farğona va Toşkent viloyatidan 2 nafardan, Qaşqadaryo va Samarqand viloyatidan 1 nafarni taşkil qiladi.
3-sonli tuğruq majmuasida 3 bemor şifo topgan, ularning biri 24 yoşli surxondaryolik homilador Sankt-Peterburgdan, 21 yoşli asli qaşqadaryolik bölgan ikkinçi fuqaro esa Moskvadan kelib, karantin muassasasida kasalligi aniqlangan edi. Uçinçi fuqaro esa 41 yoşli poytaxtlik homilador koronavirusga çalinganlar bilan muloqot orqali uşbu infeksiyani yuqtirib olgan. Şifokorlarning 17 kunlik tinimsiz muolajalari sabab u ham bugun darddan foriğ bölib, öz uyiga kuzatildi.
Toşkent tibbiyot akademiyasi köp tarmoqli klinikasida bir yöla 42 nafar bemor soğaydi.
Şunday qilib, endilikda Toşkent şahri, Toşkent viloyati va Sirdaryo viloyatida şu vaqtgaça 3054 holatda kasallik qayd etilişi barobarida 2031 nafar bemor soğaydi.
Mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan jami soğayganlar soni 4096 nafarga yetdi.
Ayni vaqtda şifoxonalarda 1213 bemor davolanmoqda, ulardan 14 nafari oğir, 2 nafari esa öta oğir ahvolda.












