Germaniya ğarbidagi Tönnies kompaniyasi kuşxonasida koronavirus yuqtiriş bilan boğliq 600dan ortiq holat aniqlandi. Reda-Videnbryuk şahrida joylaşgan korxonaning mingdan ortiq işçisi koronavirusga test topşirdi. 17 iyun kuni ertalab dastlabki 590ta testdan 395tasi musbat çiqdi. Kun davomida kasallikka çalinganlar soni 657 nafarga yetdi.  

Gyuterslo okrugi rahbari Sven-Georg Adenauer qolgan testlar natijasi ham ana şunday çiqişini taxmin qilmoqda. Tönnies kompaniyasining kasallik aniqlangan barça işçilari ikki haftalik karantinga jönatildi, ularning aksariyati kasallik simptomlari bölmagan. Korxona ikki haftaga faoliyatini töxtatdi. 

Kasallik yanada tarqalişiga yöl qöymaslik maqsadida Gyuterslo okrugi hukumati 15 iyundan oçilgan barça maktab va boğçalarni 26 iyungaça yana yopişga qaror qildi.

Kompaniya rahbariyati işçilar kasallikni çeklovlar olib taşlanganidan söng uylariga borganida yuqtirgan deb taxmin qilmoqda. Kuşxonada işlaydiganlarning aksariyati Şarqiy Yevropa mamlakatlaridan. Ma'lum qilinişiça, kompaniya 10 maydan 18 maygaça 6400 xodimdan test olgan, ularning birortasida kasallik aniqlanmagan.

Germaniya göştni qayta işlaş sanoatida 200 mingga yaqin kişi işlaydi. Ularning köpçiligi Şarqiy Yevropa mamlakatlaridan bölib, umumiy yotoqxonalarda yaşaydi.