Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining esdalik pul belgilarini tayyorlaş, sotiş va qaytarib xarid qilib oliş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.

Nizomga köra, esdalik pul belgilari muomaladagi banknotlar va tangalar kabi Özbekiston Respublikasi hududida nominal qiymatga ega naqd pul şaklidagi qonuniy tölov vositasi hamda nominal qiymatidan yuqori baholanuvçi numizmatika, kolleksiyalaş, investitsiya va jamğariş obektlari sifatida muomalada bölişi mumkin.

Esdalik pul belgilarini sotiş va qaytarib xarid qilib oliş narxlari ommaviy axborot vositalarida hamda Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.

Markaziy bankning rasmiy veb-saytida muomalaga çiqariladigan esdalik pul belgilari narxi, ularni sotadigan va qaytarib xarid qilib oladigan Markaziy bankning hududiy boş boşqarmalari va tijorat bank filiallari (şoxobça) töğrisidagi ma'lumotlar e'lon qilinib boriladi.

Şuningdek, Markaziy bank qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik pul belgilarini sotiş va qaytarib xarid qilib oliş narxlarini şakllantirişda qöllaniladigan qimmatbaho metall narxini har haftada kamida bir marta, milliy valutada belgilaydi va özining rasmiy veb-saytida e'lon qiladi.

Esdalik pul belgilarini tayyorlaş

Esdalik pul belgilarining namunalari, şuningdek ularning dizayni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengaşi bilan kelişilgan holda Özbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlanadi.

Markaziy bank tomonidan banknot va tangalar körinişidagi, turli xil xomaşyolardan, jumladan, qimmatbaho va boşqa metallardan tayyorlangan, ahamiyatga molik turli mavzularga bağişlangan, çeklangan miqdorda esdalik pul belgilari muomalaga çiqariladi.

Muomalaga çiqariladigan esdalik pul belgilarini tayyorlaşda inson salomatligi uçun xavfsiz bölgan xomaşyolardan foydalaniladi.

Esdalik pul belgilari dizaynida quyidagi elementlar aks ettirilişi mumkin:

muqaddas qadamjolar va tarixiy obidalar, zamonaviy me'morçilik obektlari tasvirlari;

buyuk siymolar ijodi va faoliyatiga bağişlangan tasvirlar, portretlari va haykallari sur'atlari;

milliy an'analar va qadriyatlarga doir tasvirlar;

zamonaviy davrning muhim voqealarini, jahon tarixi, umumjahon madaniyati va qadriyatlarini ifoda etuvçi tasvirlar.

Esdalik pul belgilarining mavzusi, tiraji, nominali, texnik xususiyatlari, xomaşyosi, metalli va qotişmalari turi, ularning asillik darajasi, zarb etiş sifati, muomalaga çiqariş sanasi Markaziy bank boşqaruvi tomonidan belgilanadi.

Esdalik pul belgilarini sotiş

Esdalik pul belgilari şoxobçalar tomonidan bevosita yuridik va jismoniy şaxslarga sotiladi.

Esdalik pul belgilarini sotiş va ularni yetkazib beriş işlari buyurtmaçilar bilan tuzilgan şartnomalarga muvofiq amalga oşiriladi.

Esdalik pul belgilarini sotiş jismoniy şaxslarga naqd va naqd pulsiz hisob-kitob şaklida, yuridik şaxslarga qonunçilikda belgilangan tartibda naqd va naqd pulsiz hisob-kitob şaklida amalga oşiriladi.

Qimmatbaho metallardan tayyorlanmagan, muomaladagi (sirkulyatsion) pul belgilari bilan bir qatorda naqd puldagi hisob-kitoblarda öz nominal qiymati böyiça qabul qilinadigan esdalik pul belgilari oylik iş haqi, pensiya, nafaqa, omonat va boşqa tölovlar orqali muomalaga çiqariladi.

Qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik tangalarini sotiş narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta qimmatbaho metall narxi va Markaziy bank boşqaruvi tomonidan tasdiqlanadigan marjaga asosan belgilanadi.

Norezidentlar tomonidan respublika hududiga taşrif buyurmasdan esdalik pul belgilarini sotib oliş onlayn tarzda (tegişli bankning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qiliş yöli bilan) amalga oşiriladi.

Bunda, esdalik pul belgilarini sotiş narxi tölov amalga oşiriladigan kundagi Markaziy bank tomonidan yetkazib beriş (poçta) xarajatlarini hisobga olgan holda, xorijiy valutaning sömga nisbatan kursiga muvofiq xorijiy valuta ekvivalentida körsatiladi.

Şoxobçalarning tegişli hisobvarağiga norezidentlar tomonidan amalga oşirilgan tölov mablağlari kelib tuşgandan söng, esdalik pul belgilari poçta orqali yuboriladi.

Esdalik pul belgilarini qaytarib xarid qilib oliş

Qimmatbaho metallardan tayyorlanmagan, muomaladagi (sirkulyatsion) pul belgilari bilan bir qatorda naqd puldagi hisob-kitoblarda öz nominal qiymati böyiça qabul qilinadigan esdalik pul belgilari şoxobçalar orqali nominal qiymati böyiça qabul qilinadi va muomaladagi pul belgilariga ayirboşlab beriladi.

Qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik tangalarini qaytarib xarid qilib oliş narxi topşirilgan kundagi qimmatbaho metall narxi va uşbu narxga qöllaniladigan Markaziy bank boşqaruvi tomonidan tasdiqlanadigan çegirmaga asosan Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

Şoxobçalar tomonidan qaytarib xarid qilib olingan qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik tangalari ularning asillik darajasini aniqlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilaş palatasi tomonidan texnik ekspertiza (qimmatbaho metallarning miqdoriy xususiyatlarini aniqlaşda, yaxlitligini buziş orqali, ya'ni undan qirqiş, parmalaş yöli bilan namuna olib yoki olmasdan tadqiqot qiliş)dan ötkaziladi.

Qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik tangalarini asillik darajasini aniqlaş maqsadida ötkaziladigan texnik ekspertiza uçun tölov Markaziy bank va Asillik palatasi örtasida tuzilgan şartnoma asosida amalga oşiriladi hamda esdalik tangalari egalaridan undirilmaydi.

Qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik tangalarini qaytarib xarid qilib olişda jismoniy şaxs yoki yuridik şaxs vakilining şaxsini tasdiqlovçi hujjati asosida qaytarib xarid qilib oliş töğrisida dalolatnoma rasmiylaştiriladi.

Dalolatnoma uç nusxada tuziladi, birinçi nusxasi şoxobçaga, ikkinçi nusxasi esdalik tanga egasiga, uçinçi nusxasi esdalik tanga bilan birga Asillik palatasi tomonidan texnik ekspertizadan ötkazib beriş uçun, Markaziy bankning vakolatli vakiliga beriladi.

Dalolatnoma rasmiylaştirilgandan söng yetti iş kunidan keçiktirmasdan qimmatbaho metallardan yasalgan esdalik tangalar vakolatli vakil tomonidan Asillik palatasiga texnik ekspertizadan ötkazib beriş uçun taqdim qilinişi lozim.

Asillik palatasi dalolatnoma va tangani qabul qilib olganidan söng, yetti iş kunidan keçiktirmasdan (tangalar ekspertizaga katta miqdorda topşirilgan taqdirda, ijro muddati tomonlar kelişuvi bilan uzaytirilişi mumkin) vakolatli vakilga elektron poçta yoki faks orqali texnik ekspertiza amallari yakunlanganligi haqidagi xabarni yetkazadi.

Markaziy bank Asillik palatasining texnik ekspertiza ötkazilganligi töğrisidagi dalolatnomasini olganidan söng, qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik tangalarini qaytarib xarid qilib olgan şoxobça orqali uning egasi bilan hisob-kitoblarni yetti iş kunidan oşmagan muddatda amalga oşiradi.

Qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik pul belgilarining asillik sertifikati

Qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik pul belgilari ularning texnik xususiyatlarini tasdiqlovçi asillik sertifikati bilan birga muomalaga çiqariladi.

Asillik sertifikati yöqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda yangisiga almaştirib berilmaydi hamda uşbu sertifikatga tegişli bölgan esdalik pul belgilari mazkur Nizomga muvofiq şoxobçalar tomonidan qayta xarid qilib olinadi.