Qayd etilişiça, «Jinoyat-ijroiya kodeksi» bundan 23 yil oldin – 1997 yilda qabul qilingan bölib, aksariyat normalari bugungi kun talabiga javob bermaydi. Ma'qullangan yangi qonun kodeksni yangi normalar bilan töldirişni maqsad qiladi.
Mazkur qonun bilan mahkumlarning quyidagi huquq va erkinliklari ta'minlanişi közda tutilmoqda:
– Voyaga yetmagan mahkumlarning ota-onasi yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar bilan uçraşuvlarida çeklovlar bekor qilinmoqda;
– Mahkuma homilador ayollar va bolasi bor ayollar uçun qöşimça huquqlar kiritilmoqda. Ya'ni mahkuma ayollarga voyaga yetmagan bolalari bilan bir yil içida tört marta muddati beş sutkagaça bölgan uzoq muddatli uçraşuv, şuningdek, manzilli koloniyalarda saqlanayotganlarga esa muassasa hududidan taşqarida yaşaş imkoniyati bilan uzoq muddatli uçraşuvlar çeklanmagan miqdorda berilmoqda;
– Mahkumlarni jazo ötaşi davrida adolatli mezonlar asosida rağbatlantiriş çoralarini qöllaş tartibi hamda rağbatlantiriş çoralarini qöllaş komissiyasining iş faoliyati va ularning aniq vazifalari belgilab berilmoqda. Amaldagi kodeksda rağbatlantiriş çoralarni qaçon va qay tartibda amalga oşiriş belgilanmagan edi. Endilikda mahkumlarga rağbatlantiriş çoralarini qöllaş yiliga ikki marta, şuningdek, bayram kunlari munsobati bilan körib çiqilişi belgilanmoqda. Rağbatlantiruvçi komissiyaning tarkibiga kimlar kirişi ham aniq körsatib ötilgan;
– Ozodlikdan mahrum qilingan şaxsning xavfsizligiga tahdid yuzaga kelgan taqdirda u öz şaxsiy xavfsizligini ta'minlaş maqsadidagi ariza, xabar bilan jazoni ijro etiş muassasasining har qanday xodimiga oğzaki yoki yozma murojaat qilişi mumkin. Mahkumning arizasi olinişi zudlik bilan uning xavfsizligi çoralarini köriş şartligi belgilandi;
– Mahkumlarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş maqsadida ularni tintuv qiliş vaqtida jismoniy kuç va maxsus vositalar asossiz qöllanilişining oldi olinmoqda;
– Mahkumlarning iltimosiga köra, uzoq muddatli uçraşuv qisqa muddatli uçraşuvga, telefon orqali sözlaşuvga, masofaviy videouçraşuvga almaştirilişi, qisqa muddatli uçraşuv esa masofaviy videouçraşuvga yoki telefon orqali sözlaşuvga almaştirilişi mumkinligi kiritilmoqda.











