Bugun Toşkent tibbiyot akademiyasining köp tarmoqli klinikasida 52 nafar va Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 16 nafar hamda Samarqand viloyatida 6 nafar, jami 74 nafar bemor soğayib, öz uylariga kuzatildi.
Şunday qilib, endilikda Toşkent şahri va Toşkent viloyatida 3437 holatda kasallik qayd etilişi barobarida 2198 nafar bemor soğaydi. Ayni paytda şifokorlar poytaxtdagi davolaş muassasalarida 1228 nafar bemor hayoti uçun kuraşmoqda.
Samarqand viloyatida esa 397 holatda kasallik aniqlangan bölsa, şundan 378 nafar bemor uşbu infeksiyadan foriğ böldi. Hozirda viloyatda 17 nafar bemor davolanmoqda.
Ayni paytga qadar Özbekistonda 5855ta zararlaniş holati qayd etilgan bölsa, bemorlarning 4273 nafari soğaydi.
«Şifokorlarimiz mamlakatimizning önta xududidagi davolaş muassasalarida koronavirus infeksiyasidan qiynalayotgan bemorlarimizga kerak muolajalarni körsatişmoqda», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.












