Özbekistonda «qizil» bölmagan hududlarda 15 iyundan boşlab xususiy boğçalar faoliyatiga ruxsat berilgan edi. Maktabgaça ta'lim vazirligi davlat MTTlari hamon yopiq qolayotganini quyidagi çoralar körilayotgani bilan izohladi:

  • 6 mingdan ziyod davlat MTTlarini amaldagi «Özbekiston Respublikasida MTTlar faoliyatini taşkil etiş, ta'minlaş va iş tartibi böyiça Sanitariya-gigiyena talablari» SanPiN 0355-18 norma va qoidalariga köra yuviş, antiseptik va dezinfeksiya vositalari, şuningdek masofadan işlovçi pirometrlar va şaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlaş;
  • 2020 yil martida MTTlar faoliyati töxtatilayotgani bois, oziq-ovqat mahsulotlari buzilib qolişining oldini oliş maqsadida barça omborlar böşatilganini inobatga olgan holda, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beriş;
  • öquv yili boşlanişiga MTTlarda ta'mirlaş, ular hududini obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, MTTlar faoliyati töxtagan davrda, u yerda işçilar bölmagani sababli qoniqarsiz körinişga kelib qolgan daraxtlarni butaş, ekinlarni parvarişlaş, öyin maydonçalarini tartibga keltiriş;
  • MTTlar binosi va hududini dezinfeksiya qiliş, sanitariya-epidemiologik osoyiştalik hududiy markazlari bilan hamkorlikda ularning tayyorgarligini körikdan ötkaziş;
  • karantin davrida moliyalaştiriş töxtatilganini inobatga olgan holda, MTT oçilişiga tayyorgarlik köriş uçun zarur bölgan mablağlarni jalb etiş borasidagi işlarni rejaviy amalga oşiriş;
  • MTTlarga qaytayotgan xodimlar va tarbiyalanuvçilarning tibbiy körikdan ötişi uçun şaroit yaratiş;
  • «qizil» hududlarda yaşovçi tarbiyalanuvçilarning kelişi va xodimlarning işga jalb etilişi bilan boğliq xatarlarni pasaytiriş (aholi va MTT xodimlari uçun noqulayliklar minimal darajada bölişi şarti bilan) borasidagi masalalarni hal qiliş.

«Ayni damda MTV tomonidan butun respublika böyiça ota-onalar fikri örganilmoqda va şu yöl bilan hozirgi epidemiologik holatda bolalarini boğçaga yuborişni xohlamayotgan oilalar aniqlanmoqda.

Pandemiya şaroitida ma'lum MTTlardagi ota-onalar töla tarkibda bolalarini boğçaga yuborişni istamasalar, alohida MTTlarning uşbu ota-onalar a'zoligidagi Kuzatuv kengaşi tomonidan taşkilot faoliyatini tiklaşga ehtiyoj yöqligi haqida qaror qabul qilinadi», – deyiladi xabarda.

Vazirlik bayonotida davlat MTTlaridan farqli ölaroq, xususiy boğçalar faoliyati tiklanişiga ruxsat berilgani yuzasidan kelib çiqqan noroziliklarga izoh berilgan.