Davlatlarning iqtisodiy-ijtimoiy faoliyatni tiklaşga va karantin çeklovlarini yumşatişga intilayotgani sababli dunyo koronavirus tarqalişining yangi xavfli bosqiçiga kirdi. Bu haqda JSST boş direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus aytib ötdi.
Gebreyyesusning ta'kidlaşiça, köplab odamlarning uylarida ötiriş jonlariga tegib, davlatlar iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatni tiklaşga intilmoqda. “Biroq virus hamon tez tarqalmoqda. U hali hali ham ölimga olib kelmoqda va köpçilik odamlar uning oldida zaif”, deb qöşimça qilgan JSST rahbari.
Uning aytişiça, JSST 18 iyunda dunyo böyiça 150 mingdan köproq yangi kasallaniş holati qayd etilgani haqida ma'lumot oldi. Bu esa pandemiya boşlangandan beri rekord darajadagi kunlik ösiş hisoblanadi. JSST rahbarining ta'kidlaşiça, uşbu yangi kasallaniş holatlaridan yarmi Şimoliy va Janubiy Amerikaga töğri keladi hamda pandemiya Janubiy Osiyo va Yaqin Şarqda jadal tarqalmoqda.
“Biz barça davlatlarni va odamlarni öta ogoh bölişga çaqiramiz. Masofani saqlaşga, agar özingizni yomon his qilsangiz uyda qolişga, niqoblar taqiş va qöllarni yuvişni davom ettirişga çaqiramiz”, deb ta'kidlab ötgan Gebreyyesus.
Ayni vaqtda dunyo böylab koronavirusga çalinganlar soni 8,7 mlnga yaqinlaşib qoldi, undan vafot etganlar soni 459 mingdan, soğayganlar 4,5 mlndan köproqni taşkil qilmoqda.













