Taşkilot avvalroq KXDRga 500 ming dona varaqa taşlagan, Pxenyan Seul bilan munosabatlar yomonlaşişiga aynan mana şu voqeani sabab qilib körsatgandi.
Şimoliy Koreyadan Janubga qoçib ötgan qoçqinlarni birlaştiruvçi nohukumat taşkiloti kelgusi haftada KXDRga uşbu mamlakat rahbariyati tanqid qilingan varaqalarni taşlaşga va'da berdi. Bu haqda “Ozod Şimoliy Koreya kuraşçilari” nohukumat taşkiloti rahbari Pak San xak ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, faollar varaqalarni tayyorlab bölişgan va kelgusi haftada KXDR hududiga havo şarlari yordamida 1 mln dona varaqa taşlaşni rejalaştirişgan. Pak San Xakning ta'kidlaşiça, bu aksiya 1950-1953 yillardagi Koreya uruşi boşlanganligining 70 yilligiga bağişlanadi.
Taşkilot avvalroq KXDRga 500 ming dona varaqa taşlagan, Pxenyan Seul bilan munosabatlar yomonlaşişiga aynan mana şu voqeani sabab qilib körsatgandi.
Natijada Janubiy Koreyadagi qator provinsiyalarda taşviqot materiallari bölgan havo şarlarini uçiriş taqiqlandi. Uşbu taqiqni buzganlar bir yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi va 8,2 ming dollar miqdorida jarimaga tortilişi mumkin.












