Yunusobod tumanida yaşovçi fuqaro tört kun içida ikki nafar farzandining ketma-ket ötkazilgan nikoh töyi sababli ham kelin, ham 12 nafar marosim iştirokçisi uşbu koronavirus infeksiyasiga çalingan. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabar berdi.
Qayd etilişiça, ayni paytda köplab odamlar uşbu infeksiyani yuqtirib olganlikda gumon qilinib, tahlil natijalarini kutmoqda.
Hozirda bölib ötgan tadbirlarda iştirok etgan va ular bilan muloqotda bölgan barça fuqarolar, önlab oila a'zolaridan Covid-19ga tahlil olinib, statsionar va uy karantinida tibbiy kuzatuvga olindi. Epidemiologik suriştiruv işlari davom etmoqda.
“Körib turganingizdek, ehtiyot çoralari körilmas ekan, ba'zi holatlarda tuğilgan kun, töy va boşqa şu kabi tadbirlar fuqarolarning kasallikni ommaviy yuqtirib olişiga sabab bölmoqda. Bu barçamizdan zarurat bölmaganda ommaviy va oilaviy tadbirlar ötkazişdan hamda unda iştirok etişdan vaqtinçalik tiyilib turişimiz kerakligini körsatmoqda. Bu esa özimiz va yaqinlarimizning salomatligi uçun bebaho qoida ekanligini unutmasligimiz kerak.
Şu örinda xulosa örnida şu kunlarda poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy tekşiriş instituti klinikasida koronavirusga çalingan 49 yoşli bemorning nafas yetişmovçiligidan qançalik qiynalayotganligi haqidagi 10 soniyalik videolavhani e'tiboringizga havola etamiz”, deyiladi vazirlik xabarida.
Avvalroq Toşkent şahrida tuğilgan kun nişonlanişi oqibatida 13 kişi virusga çalinganligi haqida xabar berilgandi.













