La Liga 30-turining markaziy öyinlaridan biri San-Sebastyanda yakunlandi. «Real Sosedad» mehmoni bölgan «Real» Madrid 2:1 hisobida ğalaba qozondi. Serxio Ramos va Karim Benzemaning gollariga öyin yakunida Mikel Merino birgina gol bilan javob qaytardi.

Bu ğalabadan söng «Real»ning oçkolari soni 65taga yetdi va Zidan jamoasi özaro öyindagi ustunlik sabab «Barselona»ni ortda qoldirib çempionat yetakçisiga aylandi.

La Liga. 30-tur

Real Sosedad – Real Madrid 1:2
Gollar: Merino (83) – Ramos (50, penalti), Benzema (70).
Real Sosedad: Remiro, Lorente, Monreal, Gorosabel (Elustondo, 60), Le Norman, Merino, Subeldiya (Subimendi, 80), Oyarsabal (Yanuzay, 60), Edegor (Lopes, 79), Portu, Isak (Villian Joze, 79).
Real Madrid: Kurtua, Karvaxal, Ramos (Militao, 60), Marselo (Mendi, 89), Varan, Kroos, Valverde (Modriç, 89), Xames (Asensio, 78), Kazemiro, Vinisius Junior, Benzema (Mariano Dias, 78).
Ogohlantirişlar: Subeldiya (16), Kazemiro (21), Gorosabel (28), Lorente (48).