Milliy matbuot markazida ötkazilgan onlayn brifingda DTM bölim boşliği Farhod Mirzayev joriy yil kiriş imtihonlarini taşkil etiş borasidagi yangiliklar haqida ma'lumot berdi.

Farhod Mirzayev kiriş imtihonlari 1 avgustdan boşlanişi rejalaştirilayotgani, biroq karantin vaziyatiga qarab imtihonlar keçikişi mumkinligi haqida aytib ötdi.

«2020-2021 öquv yili uçun kiriş imtihonlari muddati 1 avgustdan boşlanişi rejalaştirilgan. Biroq hozirgi vaziyat qança va qanday davom etişi test boşlanişi muddatiga ham ta'sir qilişi mumkin. Bunda karantin çeklovlari davomiyligi va abituriyentlarning röyxatdan ötiş körsatkiçi hisobga olinadi», dedi DTM vakili onlayn brifingda.

Brifingda imtihon ötkaziladigan binolarning tayyorlanişi haqida ham ma'lumot berildi. Ma'lum qilinişiça, har bir binoda bir smenada köpi bilan 754 nafar abituriyent uçun joy ajratiladi, binolar kun davomida 4 marta dezinfeksiya qilinadi.

Bundan taşqari, imtihonlar uçun nazoratçilarni saralab oliş jarayoni haqida ham ma'lumot berildi.

«Hozirga qadar guruh nazoratçiligi uçun 5300dan oşiq nazoratçilar taklif etilgan, ularning 2000ga yaqini masofaviy tarzda öqitildi. Imtihon boşlangunça 3000 nafar nazoratçi saralab olinişi rejalaştirilgan», deya qayd etdi Farhod Mirzayev.

Bundan avvalroq boş vazir örinbosari Behzod Musayev bu yil kiriş imtihonlari 1 avgustdan boşlanişi rejalaştirilayotgani haqida ma'lum qilgandi.