22 iyun kuni Majburiy ijro byurosining faoliyati va funksiyalari özgargani munosabati bilan Energetika vazirligida ötkazilgan matbuot anjumanida gaz va elektr energiyasi mahsulotlarini işlab çiqaruvçi investorlarning faoliyati haqida ham töxtalib ötildi.
«Hozir hukumat tomonidan qabul qilingan dasturga köra, biz 2023 yilgaça elektr energiyasining ulgurji bozorini şakllantirişimiz kerak. Ya'ni işlab çiqaruvçilar öz mahsulotlarini ulgurji bozorda raqobatli narxlarda sotadi. Heç kim heç kimga «Mana şunçasini mana şunça narxda sotasan» demaydi. Issiqlik elektrostansiyalari özini 10-15 yilda oqlaydi. Investor investitsiya kiritayotganda 16 yildan keyin daromad olişini biladi. Şuning uçun davlatga nisbatan işonçi katta bölişi kerak. Davlat tadbirkor işlab çiqarayotgan gaz, elektr energiya mahsulotlarini işlab çiqarişdan toki sotişgaça jarayonga mumkin qadar kamroq aralaşişi kerak.
Biz bu jarayonni 2023 yilgaça amalga oşirib, investorlarni işontirişimiz kerak. Bizning şu paytgaça erişgan eng katta yutuğimiz bu – elektr energiyasi va gaz ta'minotining hisoblaştirilişini avtomatlaştirib oldik. Hozir elektr yoki gaz uzilişlarini odatiy hol deb qabul qiliş davridan ötib ketildi. Ayni vaqtda bizga qöyilayotgan talablardan biri elektr yoki gaz tarmoqlaridagi uzilişlarni odatiy, oddiy holat emas, favqulodda holat deyişimiz kerak», dedi vazir örinbosari Şerzod Xöjayev.











