«2020 yil 22 iyun soat 23:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6461 nafarni taşkil etmoqda.

Yangi kasallaniş holatlarining 49 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 nafari Toşkent viloyatida (şundan 5 nafari xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçilarida, 1 nafari aholi orasida), 5 nafari Toşkent şahrida (şundan 2 nafari koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.

Kun davomida aniqlangan 146ta holatning barçasi Toşkent şahri va Toşkent viloyatida qayd etildi. Şundan 136 nafari Karantin muassasalarida, 5 nafari aholi orasida (şundan 4 nafari Toşkent şahrida, 1 nafari Toşkent viloyatida), qolgan 5 nafari esa xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçilari orasida aniqlangan.

Şuningdek, Namangan, Buxoro va Toşkentda jami 73 bemor tuzaldi va Özbekistonda şu vaqtgaça kasallikdan soğayib çiqqanlar soni 4450 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda şifoxonalarda 1992 bemor davolanmoqda, ulardan 15 nafari oğir, 4 nafari esa öta oğir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 35 690 nafar, statsionar karantinda esa 22 614 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bölib turibdi.