Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Fuqaro muhofazasi töğrisida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilişiça, Qonun aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan va harbiy mojarolar vaqtida yoki bu mojarolar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan muhofaza qiliş sohasida huquqiy munosabatlarni tartibga soladi.
Fuqaro muhofazasining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
insonparvarlik va bağrikenglik;
inson hayoti va soğligini saqlab qoliş va atrof muhitga yetkaziladigan zararlar hajmini kamaytiriş;
favqulodda vaziyatlar xavfini va uning aholiga keltiradigan zararini minimalllaştiriş;
fuqaro muhofazasi böyiça oldindan çoralar köriş;
aholining hayot xavfsizligini ta'minlaş;
favqulodda vaziyatlarning şikastlovçi omillarini neytrallaş çoralarining mutanosibligi va tezkorligi;
ilmiy asoslanganlik;
ötkaziladigan tadbirlarning moliyaviy-iqtisodiy maqsadga muvofiqligi va yetarliligi;
oşkoralik, axborotning öz vaqtida berilişi va işonçli bölişi;
favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etişda va qutqaruv işlarini taşkillaştirişda yakkaboşçilik qiliş.
Fuqaro muhofazasi vazifalari quyidagilardan iborat:
Fuqaro muhofazasini ta'minlaş böyiça huquqiy va iqtisodiy me'yorlarni işlab çiqiş va amalga oşiriş;
respublika hududida ehtimoli mavjud favqulodda vaziyatlar va xavflarni prognozlaş, oqibatlarini iqtisodiy-ijtimoiy baholaş;
favqulodda vaziyatlarning oldini oliş, insonlar xavfsizligini ta'minlaş, işlab çiqariş va texnologiyalardagi xavflarni kamaytiriş, iqtisodiyot tarmoqlari faoliyati barqarorligini oşiriş;
aholi va hududlarning muhandislik, radiatsion, kimyoviy, tibbiy-biologik muhofazasi va yonğin xavfsizligini ta'minlaş;
aholini favqulodda vaziyatlardan va xavflardan muhofazalaniş usullariga öqitiş;
favqulodda vaziyatlar va xavflarni oldini oliş va bartaraf etişga möljallangan boşqaruv organlarini, kuç va vositalarni tayyorlaş;
fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etiş tadbirlarini amalga oşiriş uçun möljallangan moliyaviy va moddiy resurslar zaxirasini yaratiş, töldirib boriş, saqlaş va yangilab turiş;
boşqaruv, aloqa va xabar tizimini doimiy şay holatda saqlaş va rivojlantirib borişni taşkillaştiriş;
iqtisodiyot obektlari faoliyati barqarorligini ta'minlaş tadbirlari majmuasini amalga oşiriş;
aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qiliş;
favqulodda vaziyatlar va xavflarni bartaraf etiş;
fuqaro muhofazasi xizmati va tuzilmalari şayligini ta'minlaş;
aholini umumiy va yakka muhofazalaniş vositalari bilan ta'minlaş tadbirlarini ötkaziş;
favqulodda vaziyatlar va xavflar yuzaga kelganda aholining hayot faoliyatini ta'minlaş;
Fuqaro muhofazasi sohasidagi axborotni yiğiş, qayta işlaş, almaşiş va uzatiş;
radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatiş va laboratoriya nazoratini olib boriş;
qutqaruv va boşqa keçiktirib bölmaydigan işlarni amalga oşiriş;
favqulodda vaziyatlar va xavflar oqibatida talafot körgan hududlarda jamoat tartibini saqlaş;
Fuqaro muhofazasi sohasida davlatlararo hamkorlik qiliş;
Fuqaro muhofazasi sohasida boşqa tadbirlarni amalga oşiriş.
Özbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasiga umumiy rahbarlikni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oşiradi.
Özbekiston Respublikasi Boş vaziri mamlakat fuqaro muhofazasining boşliğidir.











