“Sijjak” oromgohi xususiylaştiriladi. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi Toşkent viloyati, Böstonliq tumani, “Sijjak” mavzesi, Sarboğ mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan “Sijjak” dam oliş oromgohini ommaviy savdolar orqali, şaffoflik prinsipi asosida sotadi. 

“Agentlik tasarrufidagi mazkur majmuaning umumiy yer maydoni bino va inşootlari bilan birgalikda 5,38 gektarni taşkil etadi. Ayni damda xususiylaştiriş böyiça taşkiliy işlar amalga oşirilyapti”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq, “Sijjak” oromgohi sotuvga qöyilişi kutilayotgani ma'lum qilingandi.

Uşbu dam oliş maskani muqaddam Gulnora Karimovaga tegişli bölgan, 2017 yilda musodara qilingan, 2019 yilda Sijjak qörğonidagi haşamatli qarorgoh içidagi barça jihozlari bilan Özbekiston triatlon federatsiyasiga tekin foydalanişga berilgandi.