«2020 yil 26 iyun soat 17:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7320 nafarni taşkil etmoqda.
Yangi kasallaniş holatlarining 70 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barçasi xorijdan kelgan) orasida, 20 nafari Toşkent şahrida (şundan 16 nafari koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 2 nafari Buxoro viloyatida (şundan 1 nafari koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida) qayd etilgan», deyiladi xabarda.
Bugun hozirça 143ta yangi holat aniqlandi, şuningdek, 36 bemorga javob berilib, Özbekistonda şu vaqtgaça kasallikdan tuzalganlar soni 4913 nafarga yetdi.
Ayni vaqtda şifoxonalarda 2387 bemor davolanmoqda, ulardan 19 nafari oğir, 7 nafari esa öta oğir ahvolda.












