2020 yilning 5 iyun kuni taxminan soat 17:00da muqaddam öğirlik bilan sudlangan 41 yoşli O.X. tanişi, 37 yoşli T.K. bilan jinoiy til biriktirib, Toşkent şahri Şayxontohur tumani A. Navoiy köçasida joylaşgan, 61 yoşli X.M. (ayol)ga tegişli bölgan xonadonga kalit tanlaş yöli bilan ğayriqonuniy ravişda kirgan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, ular xonadon yotoqxonasida joylaşgan şkafning içida bölgan 60.000.000 sömlik turli xildagi tilla-taqinçoqlar, 150 AQŞ dollari va 150.000 söm naqd pullarini yaşirin ravişda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yaşiringanlar.
Mazkur holat yuzasidan Şayxontohur tumani böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b, g” bandlari (öğirlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Dastlabki tergov jarayonida O.X.ga nisbatan JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan öğirlik) bilan ayb e'lon qilinib, “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan, T.K.ga nisbatan esa 169-moddasi 2-qismi “b, v, g” bandlari (ança miqdorda, bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uy-joyga ğayriqonuniy ravişda kirib sodir etilgan öğirlik) bilan ayb e'lon qilinib, “uy qamoği” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.












