Prezident Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga taşrifi doirasida uşbu istirohat boğida bajarilgan işlar bilan tanişdi, dam oluvçilar bilan muloqot qildi.
Davlat rahbari 2018 yil may oyida viloyatga taşrifi çoğida «Afsonalar vodiysi» madaniyat va istirohat boği loyihasi bilan tanişgan va uni eng zamonaviy talablar asosida barpo etiş zarurligini ta'kidlagandi. Ötgan yilgi taşrifi doirasida quriliş işlarini közdan keçirib, uni tez va sifatli amalga oşiriş yuzasidan tegişli körsatmalar bergan edi.
Şu davr mobaynida bu yerda keng kölamli bunyodkorlik işlari amalga oşirildi. Hozirda qisman işga tuşirilgan madaniyat va istirohat boği töliq foydalanişga topşirilsa yiliga 600 ming nafar aholiga xizmat körsatiş imkoniyati yaratiladi.
Ayni paytda 16 turdagi attraksionli tematik park, 2400 örinli amfiteatr, 7 xil suv attraksionlari va 16 ta basseynli akvapark, 2 ta zamonaviy şarşara va musiqali favvora, 3 ta restoran, 1800 örinli 2 ta avtoturargoh taşkil etilgan. 2022 yil mart oyiga qadar milliy hunarmandlar markazi, masjid, 400 örinli mehmonxona, 110 ta villani işga tuşiriş rejalaştirilgan.
1 ming 500ta iş örni yaratiş közda tutilgan bu maskanda bugungi kunda 600 nafar işçi-xodim faoliyat yuritmoqda.
- Ikki yil oldin mana şu boğ loyihasi bilan tanişib, unga «Afsonalar vodiysi» deb nom berişni taklif qilgandim. Nomiga munosib bölibdi. Mamlakatimizda bu kabi zamonaviy dam oliş maskanlarini hali köplab barpo etamiz, - dedi davlat rahbari.


















