Iyun oyida ERIELL Group xalqaro neft-gaz xizmati kompaniyasi «Özbekneftgaz» AJ tarkibiy bölinmalari bilan hamkorlikda «2017-2021 yillarda uglevodorod xomaşyosi qazib olişni köpaytiriş çora-tadbirlari dasturi»ni amalga oşiriş doirasida quduqlarni sanoat foydalanişiga topşirdi. Buxoro viloyatida 2 ta va Qaşqadaryo viloyatida 3 ta quduq sanoat foydalanişiga topşirildi.

Xususan, Buxoro viloyatidagi Gazli neft va gaz qazib boşqarmasining «Savatli» konida 8-sonli quduq sanoat foydalanişiga topşirildi, diametri 108×8 mm va umumiy uzunligi 586 m bölgan gaz ötkazgiç-şleyf qurildi. «Qöşimça» konida 9-sonli quduq sanoat foydalanişiga topşirildi, diametri 108×8 mm va umumiy uzunligi 660 m bölgan gaz ötkazgiç-şleyf qurildi.
Qaşqadaryo viloyatida Şörtan neft va gaz qazib oliş boşqarmasining «Yormoq» konida 8-sonli quduq sanoat foydalanişiga topşirildi. Diametri 114×9 mm va umumiy uzunligi 200 m bölgan gaz ötkazgiç-şleyf qurilişi amalga oşirildi.
Muborak neft va gaz qazib oliş boşqarmasining «Janubiy Kemaçi» konida 169- va 170-sonli ikkita quduq foydalanişga topşirildi. Umumiy uzunligi 2770 m bölgan gaz ötkazgiç-şleyflarning qurilişi bajarildi.
Barça quduqlar konlardagi mavjud KIBga (kiriş iplari bloki) ulangan.
Eslatib ötamiz, ERIELL Group öz xodimlarini koronavirus infeksiyasi tarqalişidan himoya qiliş uçun barça zarur çoralarni körmoqda, bu esa öz navbatida Özbekistonda uglevodorod xomaşyosini qazib olişni köpaytiriş böyiça zimmasidagi majburiyatlarni xavfsiz va sifatli bajarişga imkon beradi.
ERIELL Group matbuot xizmati











