Xorij razvedkasi bilan hamkorlik qiliş va hukumatga qarşi faoliyat yuritişda gumonlangan Amad News yangiliklar portali rahbari Ruhulla Zam ölim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Eron oliy sudi vakili Ğulom Husayn Ismoiliy ma'lum qildi.
"Unga ölim jazosi berildi", - deya Ismoiliyning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Tasnim agentligi.
Ötgan yilning 14 oktabr kuni IRNA agentligi Zam Islom inqilobi muhofizlari korpusi kuçlari tomonidan qölga olingani haqida xabar qilgandi. U hukumatga qarşi faoliyat olib boriş hamda Fransiya, AQŞ va Isroil razvedkalari bilan hamkorlik qilişda ayblangan.
Zam eronlik jurnalist va faol sifatida tanilgan. Uning doimiy yaşaş joyi Fransiya hisoblanadi. U 2017-2018 yillarda Erondagi norozilik namoyişlarini faol yoritgan.












