2020 yil 24 iyun kuni soat taxminan 17:00da 29 yoşli B.U. mast holatda Captiva rusumli avtomaşinasida Jizzax şahar Şodlik MFY Obod köçasiga borib “N” ismli qiz bilan suhbatlaşayotgan bölgan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, u şu vaqtda bu yerda voyaga yetmagan 14 yoşli M.T. (qiz) va boşqa fuqarolarning çorva boqayotganligini körib, ularni bu yerdan ketkaziş maqsadida kurakda turmaydigan sözlar bilan haqorat qilgan.
Söng, özaro gap talaşib, janjallaşişi davomida B.U. heç bir sababsiz, bezorilik harakatlarining oldini oliş çorasini körgan, voyaga yetmagan M.T.ning otasi L.B. va ukasi B.B.ning yuz va boş sohasiga toş bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada fuqaro L.B. va B.B. olgan tan jarohatlari bilan RŞTIYoMning Jizzax filiali tibbiyot bölimiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan fuqaro B.U.ga nisbatan Jizzax şahri böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Dastlabki tergov jarayonida B.U., jinoyat işida ayblanuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilingan va unga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.












