«2020 yil 30 iyun soat 17:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8385 nafarni taşkil etmoqda.
Yangi kasallaniş holatlarining 72 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barçasi xorijdan kelgan) orasida, 11 nafari Toşkent şahrida (şundan 7 nafari koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 4 nafari Toşkent viloyatida (şundan 3 nafari koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.
Bugun hozirça 163ta yangi holat aniqlandi, Toşkent, Qoraqalpoğiston va Xorazmda jami 73 bemor koronavirusdan soğayib, şu vaqtgaça kasallikdan tuzalib çiqqanlar soni 5569 nafarga yetdi.
Ayni vaqtda şifoxonalarda 2791 bemor davolanmoqda, ulardan 19 nafari oğir, 5 nafari esa öta oğir ahvolda.












