Pokiston harbiylari Kaşmirda öt oçişni töxtatiş töğrisidagi kelişuvni buzdi va nazorat çegarasidagi Naugan rayonida joylaşgan hind qöşinlari pozitsiyasini öqqa tutdi. Bu haqda PTI agentligi xabar berdi.
"Seşanba kuni Hindiston armiyasining oldingi pozitsiyalari Pokiston nazorati ostidagi Kaşmir hududi tarafdan öqqa tutildi. Minomyot va öqotar qurollardan öt oçildi", - dedi Hindiston qurolli kuçlari şimoliy qömondonligi vakillari.
Hindiston tomonidan javob qaytarilgan. Har ikki tomondan yöqotişlar töğrisida ma'lumot berilmagan.
Qayd etilişiça, joriy yilda Pokiston armiyasi joriy yilda Kaşmirda öt oçişni töxtatiş rejimini 1400 martadan ortiq buzgan.











