Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmatining xabar berişiça, şu kungaça uşbu mukofot bilan ta'lim tizimida 10 yildan ortiq faoliyat yuritayotgan, aniq natijalarga erişgan, faol tizim xodimlari taqdirlanib kelgan. Bu yil istisno tariqasida yoş mutaxassislarga uşbu kökrak nişonlari topşirilgan.
Mukofotlanganlar orasida Xalq ta'limi vazirligi markaziy apparatidan 6 nafar, Respublika ta'lim markazi, Çortoq tumani xalq ta'limi bölimi, Andijon, Jizzax, Qarşi, Termiz, Angren şaharlari, şuningdek, Nukus, Romitan, Oqdaryo, Bağdod, Urganç tumanlaridagi maktablarning 1 nafardan vakillari bor.

Xalq ta'limi vazirligi markaziy apparati hamda Respublika ta'lim markazida işlovçi xodimlarga «Xalq ta'limi a'loçisi» kökrak nişonini vazir Şerzod Şermatov topşirdi.
Qayd etilişiça, hududlardan taqdirlangan yoşlarga kökrak nişonlari karantin qoidalariga rioya qilingan holda Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va viloyatlar xalq ta'limi boşqarmalari tomonidan tantanali ravişda topşiriladi.

Taqdirlanganlarning töliq röyxati bilan uşbu havola orqali tanişiş mumkin.












