«Marko Mantovanelli Italiya fuqarosi, u Jahon bankining Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari sifatidagi faoliyatini 2020 yil 1 iyul kunidan boşladi. Mantovanelli Lotin Amerikasi, Afrika va Yevropa davlatlarida 20 yildan ortiq iş tajribasiga ega iqtisodiy rivojlaniş böyiça ekspertdir», - deya xabar berdi matbuot xizmati. Xideki Mori Hindistonda operatsiyalar böyiça menejyer lavozimiga tayinlandi (taşkilotning dunyodagi eng yirik dasturlaridan biri) va Nyu-Dehlida Jahon banki vakolatxonasida işlaydi.

Mantovanelli 1990-yillarning örtalarida Jahon bankida işlay boşladi. U Dominikan Respublikasi, Haitidagi vakolatxonalarni, Jahon bankining Afrika mintaqasida OAV, şeriklik va taşqi aloqalar böyiça vakolatxonasini boşqargan. 2007–2011 yillarda Jahon bankining Bosniya va Gersegovinadagi vakolatxonasi rahbari bölib işlagan, 2012 yildan beri Jahon bankining Vaşingtondagi qarorgohida Operatsion siyosat boşqarmasi tarkibida turli xil korporativ dasturlarni amalga oşirişni muvofiqlaştirgan.

2016 yilda Mantovanelli Jahon bankining Kosovo va Şimoliy Makedoniyadagi vakolatxonalari rahbari lavozimiga tayinlandi. U uşbu lavozimni Özbekistonda faoliyat boşlangunga qadar egallab keldi.

Jahon banki ayni paytda texnik yordam va umumiy qiymati 4,4 milliard dollarlik 23ta loyihani moliyalaştiriş orqali Özbekistonda islohotlarni qöllab-quvvatlamoqda. Loyihalar makroiqtisodiy siyosat, qişloq xöjaligi, soğliqni saqlaş, ta'lim, suv ta'minoti va kanalizatsiya, energetika, transport, aholini ijtimoiy himoya qiliş, şahar va qişloq infratuzilmasini rivojlantiriş, şuningdek, mamlakatda COVID-19 pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yumşatişga yordam beradi.