«2020 yil 1 iyul soat 17:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8671 nafarni taşkil etmoqda. 

Yangi kasallaniş holatlarining 14 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barçasi xorijdan kelgan) orasida, 11 nafari Toşkent şahrida (şundan 2 nafari koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 9 nafari aholi orasida), 8 nafari Sirdaryo viloyatida (barçasi xalqaro yuk taşuvçi avtomobil haydovçisi), 2 nafari Buxoro viloyatida (barçasi koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida), 9 nafari Samarqand viloyatida (barçasi koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun hozirça 168ta yangi holat qayd etildi. Şuningdek, Toşkentdagi tibbiyot muassasalarida 55 bemor tuzalib, şu vaqtgaça kasallikdan soğayib çiqqanlar soni 5737 nafarga yetdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2908 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 21 nafari oğir, 5 nafari esa öta oğir ahvolda.