Bugun, 1 iyul kuni AOKA huzuridagi ştabda Koronavirusga qarşi kuraş ştabi a'zosi Habibulla Oqilov iştirokida brifing ötkazildi. Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan ma'lumotlar taqdim etildi.
Dorixonalarda koronavirusdan himoya qiladigan qimmat beydj (virus blokator) sotilmoqda. Aytişlariça, u 2 metr masofagaça virusdan himoya qilarmiş. Beydj — sotib olişga arziydimi?
Viruslar blokatori — Yaponiyada kaşf qilingan individual beydj, hozirgi vaqtda uni Rossiya kompaniyalari ham işlab çiqarmoqda. Kaşfiyotçilarning ta'kidlaşiça, beydjga kiritilgan dioksid xlorid moddasi inson atrofidagi havoni zararsizlantirişga hamda bakteriya, virus va qöziqorinlarni yöq qilişga yordam beradi.
Afsuski, bunday bayonotlar beydjlar haqiqatan inson atrofida tozalikni ta'minlaşga qodirligini dalillovçi biror asoslangan ilmiy maqolaga tayanmagan. Dioksid xlor buğ şaklida A gripp virusi faolligini pasaytiradi, buning uçun uni plastik yoki qoğozga kiritiş emas, balki sepiş kerak. Bundan taşqari, tajribada moddani faqat bitta kasallik qözğatuvçisida sinovdan ötkazişgan, işlab çiqaruvçilar esa barça mavjud mikroorganizmlardan 99 foizga himoyalaşini aytişmoqda.
23 iyun kuni koronavirusga test topşirganman, haligaça javobi kelmadi. Ma'lumotnoma berilmaydimi? Işga kirişim kerak.
Koronavirusni aniqlaş uçun olingan tahlil musbat çiqqanda sizni albatta klinikaga olib ketgan bölişardi. Demak, tahlil manfiy çiqqan. Agar işxonaga yoki boşqa manzilga topşiriş uçun ma'lumotnoma kerak bölsa, tahlil topşirgan joyga pasport bilan murojaat qilişingiz zarur va ma'lumotnoma yetkazib beriladi.
Özbekistonda PZR testlar faqatgina koronavirus qözğatuvçisini aniqlaydimi yoki gripp va boşqa infeksiyalarni ham aniqlaşi mumkinmi?
PZR test diagnostikasi nafaqat koronavirusni tekşiradi, balki barça virus va bakteriya qözğatadigan yuqumli kasalliklarni aniqlab beradi. Koronavirus va gripp kasalligi öxşaş, ammo farqli tomonlari ham köp. Gripp qözğatuvçisini ham PZR usuli bilan aniqlab ajratiş mumkin.
Koronavirusning yengil darajasi bilan kasallangan bemorlarning uyda davolanişi mumkinligi rostmi?
Haqiqatan, 5 iyuldan boşlab Özbekistonda koronavirusga çalingan bemorlarni davolaşning yangi tartibi joriy qilinadi. Bemorlar uç toifaga bölinadi:
- koronavirus infeksiyasining yengil darajasi bilan kasallangan bemorlar (kasallik alomatlarisiz);
- koronavirus infeksiyasining örta darajasi bilan kasallangan bemorlar (yuqori tana harorati)
- oğir darajadagi bemorlar.
Örta darajadagi va kasallik alomatlari bölmagan bemorlarga şifokor tavsiyalari asosida, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda va zarur şart-şaroit mavjud bölganda uy şaroitida davolanişga ruxsat beriladi. Yengil darajadagi va kasallik alomati bölmagan bemorlar 10 kun içida infeksiyaning klinik belgilari kuzatilmasa, kasalxonadan çiqariladi.
Virus tasdiqlangan bemorlar bilan muloqotda bölgan fuqarolar 14 kunlik karantinni uyda yoki mehmonxonada ötkazişlari mumkin.
IIV, Milliy gvardiya va Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi xodimlari uy şaroitida davolanayotganlarni nazorat qilişadi. Qoidabuzarlar javobgarlikka tortiladi
Koronavirusga olingan tahlil natijasi musbat bölsa, asosiy qon tahlili neça kun içida olinadi?
Birlamçi PZR tahlil natijasi musbat çiqsa, fuqaro karantinga emas, yakkalanişga olinadi va şu kunning özida tahlil takroran referens, ya'ni ekspert laboratoriyaga topşiriladi. Laboratoriya xulosasiga köra yakuniy taşxis tasdiqlanadi va bemor böyiça qaror qabul qilinadi.












