«2020 yil 3 iyul soat 10:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9199 nafarni taşkil etmoqda.
Yangi kasallaniş holatlarining 69 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 48 nafari Toşkent şahrida (şundan 32 nafari koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida), 4 nafari Toşkent viloyatida (şundan 1 nafari koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.
2 iyul kuni jami 297ta yangi holat qayd etildi va bu yangi rekord hisoblanadi. Şuningdek, 187 bemor tuzalib, jami tuzalganlar soni 6034 nafarga yetdi.
Ayni vaqtda şifoxonalarda 3138 bemor davolanmoqda. Şundan 16 nafari oğir, 8 nafari esa öta oğir ahvolda.












