2020 yilning 2 iyul kuni soat 03:25da Buxoro viloyati Şofirkon tumani IIBga tuman kasalxonasi tomonidan Şofirkon tumani “Zarçibek” MFYda yaşovçi 24 yoşli M.F. va 65 yoşli Ya.N. tan jarohatlari olib, murojaat qilganliklari töğrisida xabar berilgan. 

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma'lumotiga köra, mazkur xabar asosida hodisa sodir bölgan joyga tergov-tezkor guruhi yuborilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida, joriy yilning 2 iyul kuni soat 00:30da Ya.N. öz uyida M.F. bilan spirtli içimlik iste'mol qilib turib, örtalarida kelib çiqqan kelişmovçilik va janjal oqibatida, Ya.N. uyida bölgan temir armatura bölagi bilan M.F.ning boş qismiga bir neça marotaba urib tan jarohati yetkazgani aniqlangan. 

Şundan söng, M.F. Ya.N.ning qölidan temir armatura bölagini tortib olib, uni ham tanasining boş, kökrak, qorin sohalariga bir neça marotaba qasddan urib, tan jarohati yetkazgan, Ya.N. tuman tibbiyot birlaşmasiga olib kelinib, körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan jonlantiriş bölimida vafot etgan. 

Holat yuzasidan Şofirkon tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan M.F.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvçining ölimiga sabab bölgan qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.