https://ok.ru/videoembed/1565975841471
Turkmaniston davlat axborot agentligi xabariga köra, yiğilişda joriy yilning olti oyi davomida iqtisodiy kompleks tarmoqlarini rivojlantiriş yakunlari sarhisob qilindi, tegişli hisobotlar tinglandi va bajarilgan işlar baholandi, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturlarining bajarilişi muhokama qilindi, yilning ikkinçi yarmidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi va kadrlar masalalari körib çiqildi.
Xususan, Berdimuhammedovning farmoni bilan Bahorgul Abdiyeva boşqa işga ötganligi munosabati bilan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining örinbosari lavozimidan ozod etildi.
Turkmaniston rahbari Mehrijamol Mamedovani hukumatda madaniyat va ommaviy axborot vositalari sohasidagi faoliyatini nazorat qiluvçi boş vazir örinbosari etib tayinladi.
Arslon Aşirov Televideniye, radioeşittiriş va kinematografiya davlat qömitasi raisi etib tayinlandi. Uşbu lavozimga tayinlangunga qadar A. Aşirov Turkmaniston davlat axborot agentligi raisining örinbosari bölib işlagan.
Televideniye, radioeşittiriş va kinematografiya davlat qömitasining sobiq rahbari Nurmamet Garliyev işidagi jiddiy kamçiliklar uçun egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Turkmaniston prezidentining farmoniga köra, Turkmaniston moliya va iqtisodiyot vazirining örinbosari lavozimida işlab kelgan Muhammadkeldi Sardorov Turkmaniston moliya va iqtisodiyot vaziri etib tayinlandi.
Vazirlikning sobiq rahbari Azizgeldi Annamuhammedov boşqa işga ötganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Şuningdek, Botir Omonov «Turkmanboşi» neftni qayta işlaş kompleksi boş direktori lavozimidan ozod qilindi va Turkmanistonning Davlat vaziri - Türkmengaz davlat konserni raisi etib tayinlandi.
Uşbu lavozimda bölgan Murod Arçayev yöl qöyilgan kamçiliklar uçun işdan böşatildi.
Bundan taşqari, Merdan Röziyev Türkmengeologiýa davlat korporatsiyasi raisi etib tayinlandi. Bu tayinlovga qadar u Türkmengeologiýa davlat korporatsiyasi raisining burği işlari böyiça örinbosari bölib işlagan.
Davlat korporatsiyasining sobiq rahbari boşqa işga ötganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Turkmaniston prezidentining farmoni bilan Gulmurod Oğamurodov sport va yoşlar siyosati vaziri etib tayinlandi. Ilgari u uşbu vazirlik rahbarining örinbosari bölib işlagan.
Orazgeldi Gurbanov ta'lim vaziri etib tayinlandi. Uşbu tayinlovga qadar u Seyitnazar Seydi nomidagi Turkmaniston davlat pedagogika instituti rektori bölib işlagan.
Vazirlikning sobiq rahbari Mammetmirat Geldiniyozov boşqa işga ötganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Şuningdek, Turkmaniston prezidenti hukumat a'zolariga 7 iyuldan 5 avgustga qadar mehnat ta'tiliga çiqişga hamda mamlakat hududida dam olişga ruxsat berdi. Viloyat hokimlari işlaşda davom etadi.











