Eng avvalo, hozirgi inqiroz – ijtimoiy, deb hisoblaydi Piot. Olimning fikriça, koronavirus böyiça rasmiy statistika aslidagidan ança kamaytirib körsatilmoqda. Uning taxminiga köra, butun dunyo böyiça kasallanganlar 20 millionga yaqin.
«Haqiqat şundaki, biz pandemiyaning boşlanişida turibmiz. Infeksiyaga çalinuvçan insonlar bor ekan, virus yuqaveradi, çunki u yaşaşi uçun bizning hujayralarimiz kerak», – dedi u. Uning taxminiga köra, pandemiya bir neça yil davom etişi mumkin.
Piot vaksina yuz foiz samarali bölişiga şubha qilmoqda va imkon boriça ijtimoiy masofalanişga rioya qilişga çaqirdi.
Amerikalik olimlar avvalgi gripp epidemiyalarining rivojlaniş sur'atlari va koronavirus tarqalişi tezligini örganib çiqdi va COVID-19 tarqalişi yaqin bir yarim-ikki yil içida töxtamaydi degan xulosaga keldi.













