Seul okrug sudi Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In ikki nafar janubiy koreyalik sobiq harbiy asirga tovon puli tölaşi kerakligi haqida qaror çiqardi. Bu Janubiy Koreya sudlari amaliyotida birinçi şunday qaror böldi. 

Tovon puli tölanişi kerak bölgan sobiq asirlar Xan Çje Boku va Ro Sa Xongu hozirda mos ravişda 87 va 90 yoşda bölib, ularning ikkisi ham 1950-1953 yillardagi Koreya uruşida iştirok etgan va asirga olingan. Uruş tugagandan keyin ular 33 oylik muddatga majburiy işlarga jönatilgan. Şundan keyin ular yana önlab yillar Şimoliy Koreyaning kömir konlarida işlaşga majbur qilingan.

Ikkala asir ham 2000-yillarda Şimoliy Koreyadan qoçişga muvaffaq bölgan. Şundan keyin ular Şimoliy Koreya tuzumi ustidan sudga arz qilişgan. Jabrdiydalarning advokatlari ular uçun 145 ming dollardan tovon puli tölanişini talab qilişgan. Biroq Seul sudi Kim Çen In Şimoliy Koreya tuzumi qilmişlari uçun qisman javobgarligi, sobiq asirlarga nisbatan qatağon Şimoliy Koreya yetakçisining otasi va bobosi vaqtida qöllangani haqida qaror çiqargan. Şu sababli Kim Çen Inga asirlarga 17570 dollardan tovon puli tölaş majburiyati qöyilgan. 

Biroq sud qarori qanday qilib ijro etilişi noma'lumligiça qolmoqda. Jabrlanuvçilar advokatlarining ta'kidlaşiça, ehtimol bu pullar Janubiy Koreya Şimoliy Koreya davlat agentliklariga foto, video va boşqa materiallarni qöllagani uçun tölaydigan pullardan undiriladi. Hozirda bu mablağlarga egalik qiluvçi jamğarma Janubiy Koreya sudi nazoratida hisoblanadi.