Xabar qilinişiça, Özbekistonning Olmaota şahridagi Boş konsulxonasi xodimlari nazorat-ötkaziş punktida bölib turişibdi.
«Vatandoşlar bilan doimiy aloqa örnatilgan, diaspora vakillari bilan birgalikda issiq ovqat va boşqa yordam taşkil qilinmoqda, vaziyat umumiy nazoratga olingan», – deyiladi xabarda.
Ta'kidlanişiça, 1-8 iyul oraliğida 2700dan oşiq vatandoş – asosan kasallar, qariyalar, homiladorlar va yoş bolali ayollar Özbekiston-Qozoğiston çegarasini kesib ötgan.
«Texnik sabablarga köra, sönggi kunlarda vatandoşlarning davlatlararo çegaradan ötişlari çeklangan miqdorda amalga oşirildi.
«Jibek joli» ötkaziş punkti orqali respublika fuqarolarining Özbekiston hududiga çeklangan holda kirişi bilan boğliq barça muammolar tez muddatda hal qilinadi», – deya qayd etilgan Taşqi işlar vazirligi operativ ştabi axborotida.












