Koronavirusni oğir keçirgan odamlarga öpka va yurak zarar körişi sababli tiklaniş zarur. Bu haqda Rossiya soğliqni saqlaş vaziri Mixail Muraşko “Rossiya 1” telekanali efirida aytib ötdi. 

“Koronavirusda eng köp zarar köruvçi a'zo öpkadir. Koronavirusni boşdan ötkazganlarda tibbiy xodim yordamini talab qiluvçi ikkinçi muhim muammo yurakning zarar körişi, jumladan miokardit hisoblanadi”, deb aytgan Muraşko.

Uning ta'kidlaşiça, kasallikni boşdan ötkazganlarga odatiy turmuş turziga qaytiş uçun yordam zarur. “Kasallikdan keyingi dastlabki bosqiçlarda katta jismoniy zöriqişlar mumkin emas, çunki organizm ança toliqqan böladi, bunga qöşimça - boşdan ötkazilgan kasallik öpka faoliyatining töliq tiklanişiga imkon bermaydi”, deb ta'kidlab ötgan vazir.

Muraşkoning aytişiça, samolyotlarda tez-tez uçadigan kişilar, misol uçun sayyohlar, koronavirusni boşdan ötkazgan bölsalar, parvozlarni çeklaşlari  lozim. Bu parvozlarda bosim özgarişlari bilan boğliq.