Serbiyaning milliy inqiroz ştabi koronavirus tarqalişi oldini oliş uçun Belgradda 10 iyuldan 13 iyulgaça komendantlik soati kiritişdan voz keçdi. Faqatgina ommaviy yiğilişlarga taqiqlov kiritiladi, deb xabar berdi mamlakat boş vaziri Ana Brabiç.
Avvalroq hukumatning komendantlik soati kiritiş qarori noroziliklarga olib kelgandi.
“9 iyuldan vaziyat yaxşilangungaça 10 kişidan köproq bölib yopiq va oçiq joylarda yiğiliş taqiqlanadi, yopiq joylarda 4 kvadrat metrga bir kişi tamoyili böyiça odamlar soniga va obektlarning soat 21dan soat 6gaça işlaşiga çeklov kiritiladi”, deb aytgan boş vazir.
Avvalroq Serbiya mudofaa vaziri Aleksandr Vulin Belgradda ötgan norozilik namoyişlarini fuqarolik uruşini boşlaşga uriniş deb atagan. Uning fikriça, namoyişlar öz-öziça avj olmay, balki ularga oldindan tayyorgarlik körilgan. U tartibsizliklar ortida turganlarni javobgarlikka tortişga çaqirgan.
Serbiyadagi noroziliklar mamlakat prezidenti Aleksandr Vuçiç 7 iyulda koronavirus bilan boğliq vaziyat yomonlaşgani sababli poytaxtda komendantlik soati kiritilişini e'lon qilgandan keyin boşlangan. Ta'kidlanişiça, dastlab namoyişlar osoyişta körinişda ötgan, biroq keyinroq namoyişçilar parlament binosiga bostirib kirişga uringan va politsiya bilan töqnaşuvlarga kirişgan.
7 iyuldan 8 iyulga ötar keçasi yuz bergan tartibsizliklarda kamida 43 politsiyaçi va 17 namoyişçi jarohat olgan.












