https://ok.ru/videoembed/1577362262719

Tsement zavodining ikkita quvuridan çiqayotgan  zararli çiqindilar atmosferani bulğab, atrof-muhitga katta zarar yetkazmoqda. Tutun şamol yönalişiga qarab 5 kilometr uzoqlikdagi Andijon şahri yoki xuddi şunday uzoqlikdagi Asaka tomonga harakatlanadi.

Aholining köplab murojaatlaridan söng, ekologiya va tabiatni muhofaza qiliş böyiça viloyat mutasaddilari, huquq-tartibot idoralari mazkur muammoni hal qiliş uçun harakat boşlagani haqida ma'lumot berilgan edi. Ötgan yili mazkur sement zavodi aholi yaşovçi hududlardan uzoqroq joyga köçirilişi ham aytildi.

Biz hamon yeçimini kutayotgan muammo yuzasidan Andijon viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasidan izoh söradik.

Boşqarma ma'lumotiga köra, sement zavodi Imom ota toği hududiga köçirilişi belgilangan.

«Asaka tumani Axtaçi sanoat hududida faoliyat olib borayotgan «RASH-MILK» MÇJga qaraşli sement işlab çiqariş zavodi 2013 yilda öz iş faoliyatini boşlagan. Bugungi kunda zavodda 300ga yaqin işçi-xodim işlab kelmoqda.

Andijon viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi tomonidan ötkazilgan örganişlar natijasida çang-gaz tozalaş uskunalarining nosozligi, yaroqlilik muddati tugaganligi tufayli atmosfera havosiga taşlamalarning köpaygani aniqlandi. Bu öz navbatida e'tiroz, şikoyatlar köpayişiga sabab bölmoqda.

Korxona çang-gaz tozalaş uskunalarini yangisiga almaştiriş böyiça boşqarma talabnomasiga asosan, uskunalar zavod ma'muriyati bilan kelişgan holda vaqtinçalik töxtatilib, faoliyati davomida 2 marta yangisiga almaştirilgan. Biroq, zavod töla quvvatda işlaş jarayonida çang-gaz tozalaş uskunalarini filtr qismlarining tez kuyişi kuzatildi. Uşbu filtrlar Xitoy Respublikasidan import qilinadigan ehtiyot qism bölib, pandemiya munosabati bilan ularni tez va muddatida almaştirişga imkon bermagan.

Boşqarma tomonidan uşbu noxuş holatlarning oldini oliş va bartaraf etiş yuzasidan laboratoriya tahlillari muntazam ötkazib kelinmoqda. Korxona hududi atrofida kunlik monitoring kuzatuvlari olib borilib, olingan laboratoriya tahlillariga asosan, atmosfera havosiga me'yoridan ortiq taşlamalar taşlagani uçun jamiyatga 2019 yil va 2020 yil 1-çorak yakunlari böyiça Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 11 oktabr kungi 820-sonli qaroriga muvofiq, 121,5 mln sömlik qöşimça kompensatsiya tölovlari hisoblangan va undirib olingan.

Boşqarma tomonidan jamiyatga çang-gaz tozalaş uskunalarini zamonaviylariga almaştiriş hamda atmosfera havosiga taşlanayotgan me'yoridan ortiqça taşlamalarni kamaytiriş yuzasidan bir neça bor ogohlantiriş xatlari va talabnomalar berilgan.

Berilgan ogohlantirişlar hamda talabnomalarda berilgan körsatmalarni bajarmaganligi uçun uşbu korxona faoliyatini töxtatiş böyiça tegişli iqtisodiy sudlarga hujjatlar tayyorlanmoqda.

Fuqarolarning köp e'tiroz va şikoyatlarini inobatga olib hamda ekologik holatni soğlomlaştiriş maqsadida boşqarmaning mas'ul hodimlari tomonidan «RASH-MILK» MÇJga qaraşli sement işlab çiqariş korxonasini aholidan uzoq bölgan boşqa hududga köçiriş böyiça olib borilayotgan işlar bilan tanişildi.

Hozirgi kunda «RASH-MILK» MÇJga Andijon viloyati Xöjaobod tumani Döstlik va A.Qahhor massivlari xududida sement işlab çiqariş korxonasi qurilişi uçun viloyat xokimining 2017 yil 22 noyabrdagi 796-sonli qarori bilan 40 gektar yer maydoni ajratilib, quriliş işlari boşlangan.

Loyiha böyiça uşbu qurilayotgan sement işlab çiqariş korxonasi 2 bosqiçdan iborat bölib, 1-bosqiç 2020 yil yakunida işga tuşirilişi, 2-bosqiç 2022 yil yakuniga qadar töliq işga tuşirilişi rejalaştirilgan.

Örganiş kunida loyihada 1-bosqiç joriy yilning IV çoragida quriliş yakunlanib işga tuşirilişi rejalaştirilgani, ammo pandemiya sababli quriliş işlarini yakunlaş 2 oyga, ya'ni 2021 yil fevral oyiga çözilgani ma'lum böldi.

Hozirgi kunda quriliş işlari 2 smenada olib borilayotgani, 400 nafar işçi xodim quriliş işlari bilan şuğullanayotgani, şundan 152 nafari Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan mutaxassislar ekani aniqlandi.

Korxona rahbari bilan bölgan muloqotda şu kunlarda charter aviareys orqali Xitoy Xalq Respublikasidan yana 200 nafar mutaxassislarni olib keliş rejalaştirilayotgani, yil oxiriga quriliş işlari yakunlanib, uşbu mutaxassislar uskunalarni montaji bilan şuğullanişi böyiça ma'lumot berdi.

Tsement işlab çiqariş korxonasi quriliş uçun tanlangan yer maydoni Xöjaobod tumanining Imom-ota toğ yon bağrida joylaşgan.

Tanlangan yer maydoni quyidagilar bilan çegaradoş:

– şimol tomondan fermer xöjaligi ekin yer maydonlari, 1200 metr masofada aholi uylari bilan;

– şarq tomondan toğ bilan, toğning orqa tarafida 1400 metr masofada Örday mahallasi fuqarolar yiğini aholisi turar joy binolari bilan;

– janub tomondan Imom-ota toğ tizmasi bilan;

– ğarb tomondan toğ yon bağri va ekin yer maydon, söng 1000 metr masofada aholi turar joy binolari bilan çegaradoş.

Sanitar me'yor qoidalari böyiça (SanPin-0350-17) sement işlab çiqariş korxonalari aholi yaşaş hududidan 500 metr qilib belgilangan.

Şamolning yönalişi ğarbdan şarq tomonga.

Quriliş işlari yakunlangandan söng, qurilişni qabul qiliş işçi komissiyasida barça tegişli taşkilot va korxonalar özlarining talablarini bajarilişi böyiça qabul qilib olsa, iş jarayonida atrof tabiiy muhitga salbiy ta'sir körsatilişining oldi olinadi.

Quriliş yakuni bilan Axtaçi sanoat zonasidagi sement zavodi öz faoliyatini töxtatadi», – deyiladi rasmiy izohda.

Ekologlar ma'lumotiga qaraganda, sement zavodi Andijonning eng sölim va dam oluvçilar köp boradigan maskanlaridan biri – Imom ota toği hududiga köçar ekan.

Nahotki, havoni zaharlovçi zavodga boşqa joy topilmadi? Bu qaror bir muammoning yeçimi ortidan ikkinçi muammoni yuzaga keltirmaydimi?..

Elmurod Ermatov