Yakuniy rezolyutsiya juda qisqa çiqqan va u Suriyaga yordamning transçegaraviy mexanizmi haqidagi 2139-sonli rezolyutsiya amal qilişini yana bir yilga uzaytiradi. Biroq uşbu mexanizmdan Bob-as-Salom (Suriya va Turkiya çegarasida), Al-Yorubiya (Iroq bilan çegarada) va Al-Ramta (Iordaniya bilan çegarada) punktlari istisno qilingan. Yangi qarorga köra, Suriyaga insonparvarlik yordami faqatgina bir punkt – Turkiya bilan çegaradagi Bob-al-Havo orqali yetkaziladi.
Uşbu hujjat Belgiya va Germaniya tomonidan taklif qilingan. Dastlab uşbu davlatlar yordam yetkaziş uçun ikkita ötkaziş punkti qoldirilişini talab qilişgan, biroq yakuniy variantda bir punktning amal qilişini uzaytirişga rozi bölingan.
11 iyuldagi ovoz beriş Xavfsizlik kengaşining Suriya böyiça rezolyutsiyani qabul qiliş böyiça beşinçi urinişi bölgan.












