Ma'lum bölişiça, 10 iyul kuni şahardagi 11-son oilaviy poliklinika hamşirasi N.P. Buxoro şahar Sanoatçilar köçasida joylaşgan qişloq xöjalik mahsulotlarini ulgurji sotiş bozoriga kiriş joyida örnatilgan dezinfeksiya tunnelida fuqarolarning tana haroratini ölçaş uçun xizmatga jalb qilingan.

Kun issiq bölgani sababli öşa yerdagi qorovulxonada biroz dam olib, yana xizmatga çiqayotgan vaqtida şu bozorda xizmat olib borayotgan Buxoro şahar DSENB xodimi, 1986 yilda tuğilgan M.A. kelib hamşiraga xizmat joyini taşlab ketgani uçun tanbeh bergan. Ular örtasida yuzaga kelgan nizoli holatda M.A. hamşiraning yuz qismiga qöli bilan urgan.

Şu yerda xizmat olib borayotgan IIB va Milliy gvardiya xodimlari  vaziyatni bartaraf etayotgan vaqtda hamşiraning ahvoli yomonlaşib, huşsizlanib yiqilgan. Unga birinçi tibbiy yordam körsatilgaç, har ikkisi ham suriştiruv işlari olib boriş uçun Buxoro şahar IIO FMB 3-son IIBga olib ketilgan.

«Hozirda sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan, holat yuzasidan suriştiruv işlari olib bormoqda», deyiladi Buxoro viloyati IIB Axborot xizmatining Kun.uz ’ga bergan ma'lumotida.