Pandemiya davrida restoran va qahvaxonalarning yopilişi sababli odamlar kamroq qahva içmoqda. 

2011 yildan beri ilk marta dunyo böyiça qahva iste'moli kamayişi mumkin. AQŞ qişloq xöjaligi vazirligi ana şunday prognoz qildi, deb yozadi Bloomberg.

Qayd etilişiça, qahva iste'moliga koronavirus sababli restoran va qahvaxonalarning yopilişi «qaqşatqiç» ta'sir körsatdi.  Şu bilan birga, qaytadan faoliyatini boşlagan muassasalar savdoning tez sur'atlarda tiklanişini kutmayapti.

Iste'molçilar köpçilik bölib uydan taşqarida ovqatlanişga şoşilmayapti, deb yozadi Bloomberg. Agentlikning ta'kidlaşiça, ertalab yoki tuş paytida qahva içadigan mijozlar hisobiga kun köradigan qahvaxonalar ayniqsa kuçli zarbaga duç keldi. Masalan, Dunkin’ Brands guruhi mijozlarining katta qismini yöqotdi. Starbucks tarmoği esa biznes-modelini qaytadan körib çiqmoqda.

Iste'molning sekinlik bilan tiklanişi qahva yetiştiriş bilan şuğullanuvçi 125 millionga yaqin kişining hayotini izdan çiqarişi mumkin, deb yozadi Bloomberg. Braziliyadagi eng yirik Suplicy Cafes Especiais tarmoği fermerlar yetkazib bergan mahsulot uçun tölovlarni keçiktirişga majbur böldi. 

«Ayrim françayzing hamkorlarimiz yopilayotgani haqida ogohlantirişdi», — dedi Suplicy boş direktori Felipe Braga.

Citigroup prognoziga köra, Arabika navli qahvaning fyuçers narxi 10 foizga pasayib, bir funti 90 sent atrofida baholanişi mumkin.