«Özbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalişining oldini olişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni asosida koronavirus bemorlari bilan bevosita kontaktda böladigan, virus aniqlangan fuqarolarga tibbiy xizmat körsatadigan tibbiyot xodimlariga qöşimça ustama tölovlari berilişi belgilangan edi.
Bunda birlamçi sanitar-tibbiy yordam körsatadigan xodimlar, oilaviy şifokorlar, pediatrlar, pulmonolog, terapevtlar epidemiologiya bilan kuraşuvçilar sifatida guruh tarkibiga kiritilmagandi. Ular rasman guruh tarkibiga kiritilmagan bölsa-da, öz hayotini xavf ostiga qöyadi, ehtimoliy bemorlar bilan muloqotda böladi.
Hozirda boş vazir örinbosari Behzod Musayev boşçiligida bu masala qayta kötarilgan. Bemorlar bilan bevosita kontaktda bölgan, hayotini xavf ostiga qöygan holda tibbiy xizmat körsatayotgan tibbiyot xodimlarining yana bir guruhiga tegişli qöşimça tölovlar berişni nazarda tutuvçi hujjat tayyorlanmoqda. Ular ham jarayonda iştirokidan kelib çiqqan holda u yoki bu darajada qöşimça tölovlarni olişadi», deya Otabekovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda 5 iyuldan koronavirusni yengil şaklda ötkazayotgan bemorlar uyda davolanişi mumkin böldi.












