Pudratçi taşkilot bilan kelişmovçiliklar sababli janjal kötargan Amurdagi gazni qayta işlaş zavodi quruvçilariga turli qöllab-quvvatlov çoralari taklif etildi. Bu haqda oblast gubernatori Vasiliy Orlov ma'lum qildi.
Amurböyi hukumati matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, Orlov zavodga kelgan va işçilar bilan uçraşgan. U şuningdek, qurilişni olib borayotgan kompaniya rahbarlari, huquqni muhofaza qiliş va nazorat organlari vakillari bilan yiğiliş ötkazgan.
"Işçilarga keng miqyosli iqtisodiy qöllab-quvvatlov çoralari taklif etildi. Bular karantinda bölganlik uçun kompensatsiya tölovlari hamda olti oy va undan uzoq muddat vaxtada bölganlarga bir martalik tölovlardir. "Reneyssans" kompaniyasi ana şularni taqdim etadi. Mavjud kelişmovçiliklar hal bölişiga umid qilamiz", - degan u.
Qayd etilişiça, quriliş maydonidagi işlar odatiy rejimda davom etmoqda, loyihaga 29 mingga yaqin işçi jalb etilgan.
Avvalroq Amur oblastida «Reneyssans Xevi Indastris» kompaniyasi işçilari uç oydan buyon maoş olmaganliklari sababli isyon kötargani töğrisida xabar qilingandi. Kompaniya «Gazprom» pudratçisi bölib, Amurdagi gazni qayta işlaş zavodi qurilişida iştirok etmoqda.
Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasining xabar berişiça, Özbekiston fuqarolari iştirokida yuz bergan uşbu hodisa nazoratga olingan. Mazkur masala böyiça Rossiya Içki işlar vazirligi va boşqa vakolatli organlar bilan muntazam muloqot olib borilmoqda.
«Bölib ötgan hodisa tafsilotlarini aniqlaş hamda Özbekiston fuqarolarining qonuniy huquq va manfaatlari himoyasini ta'minlaş maqsadida voqea joyiga elçixona boş konsuli yetib bordi», deyiladi xabarda.













