Yiliga 50 mlrd kub metr quvvatga ega va Putin tomonidan «Sila Baykala» deb qayta nomlangan yangi quvur böyiça muzokaralar töxtab qoldi, deb xabar berdi South China Morning Post naşri vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib.

«Narx borasida siljiş yöq», - deb izohladi gazetaning suhbatdoşlaridan biri.

Xitoy Rossiya gazi mamlakat fuqarolari tölaydigan narxda, yaʼni ming kub metr uçun taxminan 50 dollar bölişini yoki heç bölmaganda sanoat isteʼmolçilari uçun belgilangan Rossiya içki narxida - qariyb 120-130 dollarda bölişini xohlamoqda.

Biroq Rossiyaning umidlari boşqaça, deydi SCMP manbasi: u narxni belgilaşda Pekinning «Sila Sibiri - 1» gazi uçun tölayotgan narxidan kelib çiqişni taklif qilmoqda. Bu narx ming kub metr uçun 250-260 dollarni taşkil etadi va u allaqaçon «Gazprom»ning uzoq xorijdagi boşqa mijozlari uçun şartnoma narxlariga (ming kub metr uçun 420 dollar) nisbatan qariyb 40 foizlik çegirmani öz içiga oladi.

Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov ŞHT sammiti arafasida Si va Putin birinçi memorandumi 2006-yilda imzolangan uşbu maşaqqatli loyihani yana muhokama qilişini aytgandi. Ammo uçraşuv yakunlari böyiça rasmiy kommyunikeda gaz loyihasi haqida bir oğiz söz ham yöq, deb taʼkidlaydi SCMP.

Putinga Bişkek safarida hamrohlik qilgan Rossiya energetika vaziri Sergey Sivilyov muzokaralardan söng loyiha «qurilişga ötişning yakuniy bosqiçida» ekanini maʼlum qildi. «Vektor Kapital» tahlilçilarining hisob-kitoblariga köra, Rossiya hukumati 2022-yil boşidan beri bunday bayonotlarni kamida 10-marta bergan.

Xususan, 2022-yil sentabrda Putin gaz quvuri böyiça bitimning asosiy parametrlari, jumladan, narx şartlari kelişib olinganini daʼvo qilgan edi. 2023-yil mart oyida esa öşa paytda Energetika vazirligiga rahbarlik qilgan Aleksandr Novak şartnoma «yil oxirigaça» imzolanişini eʼlon qilgandi. Şundan beri Novak bitim «yakuniy bosqiçda» ekani va tez orada imzolanişini yana tört marta aytdi.

New Eurasian Strategies Centre ilmiy xodimi Aleksey Çagadayevning qayd etişiça, Xitoyning «Sila Sibiri - 2» qurilişi haqida qaror qabul qilişga şoşilişiga heç qanday asos yöq, çunki uning muzokaralardagi pozitsiyasi «kun sayin kuçayib bormoqda». «Gazprom» ilgari Yevropaga yiliga 200 mlrd kub metrgaça yetkazib berilgan gazni de-fakto heç qayoqqa sotolmayapti. Hozir kompaniyaning eksporti yiliga 70-80 mlrd kub metr atrofida bölib, bu Rossiya uçun 1980-yillar örtalaridan beri eng past körsatkiçdir. Yevropada Vengriya, Slovakiya va Gretsiya «Gazprom» gazini sotib olişda davom etmoqda, biroq Yevropa Ittifoqining gaz embargosi tufayli bu oqimlar ham 2027-yilda töxtab qolişi mumkin.