“Gazprom” 2026-yil boşidan buyon Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekistonga tabiiy gaz yetkazib beriş hajmini qariyb 70 foizga oşirdi. Bu haqda kompaniya boşqaruv raisi Aleksey Miller maʼlum qildi.

“Bu yil Markaziy Osiyoda ham yaxşi natijalarga erişmoqdamiz. Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekistonga yetkazib beriş hajmini qariyb 70 foizga oşirdik”, – dedi Miller 4-sentabr kuni Neft va gaz sanoati xodimlari kuniga bağişlangan yiğilişda.

Özbekiston 2023-yilda “Gazprom”dan gaz sotib ola boşladi va öşa yildan tabiiy gazning netto-importyoriga aylandi. Rossiya gazi Özbekistonga “Örta Osiyo – Markaz” magistral gaz quvuri orqali yetkazib berilmoqda. Sobiq ittifoq davrida gazni Markaziy Osiyodan Rossiya tomon taşiş uçun qurilgan quvur hozir revers rejimida işlamoqda.

“Gazprom” 2025-yilda Özbekistonga 6,48 mlrd kub metr gaz yetkazib bergan, bu – 2024-yildagi körsatkiçdan 15 foiz köp.

Özbekiston Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 2026-yilning yanvar-iyul oylarida tabiiy yoki sunʼiy gaz importi 1 mlrd 10 mln dollarni taşkil etib, ötgan yilning şu davridan 8,2 foizga oşgan. Şu jumladan, suyultirilgan gaz (propan) importi 3,6 barobarga oşib, 105,4 mln dollarni taşkil etgan. Hisobot davrida tabiiy yoki sunʼiy gaz eksporti qiymat jihatdan 36,2 foizga qisqarib, 279,7 mln dollargaça pasaygan.

“Interfaks”ning yozişiça, Qirğiziston yiliga qariyb 500 mln kub metr gaz isteʼmol qiladi. Mamlakatda qurilişi rejalaştirilayotgan IES-2 va “Bişkekselmaş” IESlari uçun “Gazprom” bilan 2040-yilgaça möljallangan uzoq muddatli gaz yetkazib beriş şartnomalari imzolangan.

Qozoğistonda esa Rossiya gazi Ğarbiy Qozoğiston, Qostanay va Aqtöbe viloyatlaridagi isteʼmolçilarni taʼminlaş uçun yetkazib berilmoqda. Kompaniya yetkazib beriş hajmi respublikadagi talabning ösişiga mos ravişda oşirilayotganini bildirgan. Şuningdek, Qozoğistonning şimoliy hududlarini Rossiya gazi bilan taʼminlaş masalasi ham işlab çiqilmoqda.