Soğliqni saqlaş vazirligi Özbekistonda yana 231 kişida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 13 iyul soat 23:30 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13591 nafarni taşkil etmoqda.
Yangi kasallaniş holatlarining barça 231 nafari Toşkent şahrida (şundan 146 nafari koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 85 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.
13 iyul kuni Özbekistonda 594ta yangi zararlaniş holati tasdiqlandi. Şundan 272 nafari karantin muassasalarida, 322 nafari aholi orasida aniqlangan.
Bugun jami 6 hududda - Toşkent şahri, Toşkent viloyatidagi karantin markazi, Namangan, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yangi holatlar qayd etilgan.
Bugun Toşkent şahrida aholi orasida 302ta holat qayd etildi va bu koronavirus pandemiyasi davridagi eng yuqori körsatkiçdir. Bungaça aholi orasidagi eng köp kasallaniş holati bir kun oldin kuzatilgan va aholi orasidagi 265 kişida kasallik aniqlangandi. Toşkent şahrida kun davomida jami 448ta holatda (karantinga olinganlar bilan qöşib hisoblaganda) koronavirusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan.
Xorijdan kelgaç Toşkent viloyatidagi Örtasaroy karantin markaziga joylaştirilgan fuqarolar orasida 168 holat aniqlandi.
Namangan viloyatida aholi orasida 4, karantindagilar orasida 21, Farğona viloyatida aholi orasida 7, karantindagilar orasida 2, Navoiy viloyatida aholi orasida 9, Buxoro viloyatida karantindagilar orasida 20 holat qayd etilgan.
Ölim (+3)
Soğliqni saqlaş vazirligi 13 iyul kuni poytaxtlik ikki ayol va bir erkakning Toşkent viloyatining Zangiota tumanidagi yangi qurilgan yuqumli kasalliklar şifoxonasida koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar qildi. Özbekistonda koronavirus qurbonlari soni 63taga yetdi.
Tuzalganlar (+178)
Bugun Toşkent şahridagi tibbiyot muassasalarida 164 nafar, Namangan viloyatida 14 nafar, jami 178 nafar bemor tuzaldi. Şu vaqtgaça qayd etilgan 13591 bemordan 8030 nafari soğayib çiqqan (59 foiz).
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 5498 nafar bemordan 45 nafari oğir, 7 nafari esa öta oğir ahvolda.
Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 51 555 nafar, statsionar karantinda esa 23 860 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bölib turibdi.
SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayevning telegramdagi kanalida bemorlar qayd etilişi va soğayişi böyiça körsatkiçlar jadvalini keltirdi.













