«15 iyul kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligining 1050 tezkor raqamiga Termiz şahri Farovon mavzesida yaşovçi fuqarolardan murojaat kelib tuşdi. Unga köra şu manzildagi köp qavatli 18-uyning lifti işlamay qolgan.

Lift içida 6 yaşar qizça 1 soatlar çamasi qolib ketgan. Köp qavatli uyda yaşovçilar lift eşiklarini özlari oçişga urinişgan. Oçişolmaganlaridan keyin qutqaruvçilarni çaqirtirişgan», deya FVV axborot xizmati rahbari Murod Sodiqovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uning qöşimça qilişiça, Surxondaryo viloyati FVB qutqaruv otryadi guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib borişgan. Qutqaruvçilar qisqa muddat içida liftda qolib ketgan qizaloqni qutqarib olişgan.

FVV köp qavatli uylardagi liftdan foydalanişda huşyor böliş, texnik xavfsizliklar qoidalariga amal qiliş, ayniqsa, kiçik yoşdagi bolalarni qarovsiz qoldirmaslik kerakligi haqida ogohlantiradi.

Eslatib ötamiz, 1050 tezkor raqamiga çaqirilgan qutqaruvçilar xizmati uçun fuqarolar tomonidan pul tölanmaydi.