Şu munosabat bilan Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Şixin Çen bu boradagi qator savollarga savob berdi. Bu haqda Kun.uz`ga OTBning Toşkentdagi vakolatxonasi xabar berdi.

Ma'lumot uçun, OTB aprel oyida pandemiyaga qarşi çora-tadbirlarni moliyalaştiriş uçun 20 mlrd dollar miqdoridagi moliyaviy yordam dasturini tasdiqlagan. Uşbu dastur rivojlanayotgan davlatlarga COVID-19 pandemiyasini jilovlab, uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yumşatişga yordam beradi. Özbekistonga ajratilgan 500 mln dollar qarz ham mazkur dasturning bir qismi sanaladi.

– Özbekistonga uşbu yordamning asosiy yönalişlari haqida gapirib bersangiz.

– Asosiy maqsad – Özbekiston hukumatiga COVID-19 pandemiyasining noxuş tibbiy, iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini öz vaqtida va samarali yumşatiş uçun budjetni qöllab-quvvatlaşda yordam körsatiş.

Mazkur dastur orqali Özbekiston hukumatiga soğliqni saqlaş tizimining salohiyatini mustahkamlaş böyiça inqirozga qarşi çora-tadbirlarini moliyalaştiriş, işçi örinlarini iloji boriça saqlab qoliş uçun biznesni barqarorlaştiriş hamda daromadi past oila va aholining zaif guruhlarini qöllab-quvvatlaş uçun amaldagi ijtimoiy himoya tizimini kengaytirişda yordam körsatiladi.

– OTB soğliqni saqlaş sohasini qanday qöllab-quvvatlaşi haqida töliqroq ma'lumot bera olasizmi?

– OTB körsatadigan yordam tufayli hukumat COVID-19ga qarşi kuraş uçun qöşimça şifoxona, taşxis-laboratoriya va karantin xonalarini tayyorlaşga erişadi. Şuningdek, tibbiyot buyumlari, öpkani sun'iy ventilyatsiya qiliş, test ötkaziş hamda tegişli ölçamdagi va ayol tibbiyot xodimlari uçun şaxsiy himoya vositalarini sotib oliş böyiça yordam ham közda tutilgan.

Hukumat rejasiga xatarli şaroitlarda hamda COVID-19dan jabrlanganlar bilan işlagani uçun qöşimça tölov sifatida soğliqni saqlaş xodimlarning iş haqiga ustamalar tölaş ham kiradi.

– Ijtimoiy himoya sohasida jiddiy qiyinçiliklar yuz bermoqda. OTB mazkur masalani hal qiliş böyiça hukumatga qanday kömak körsatişi haqida töxtalsangiz.

– Ijtimoiy himoya – pandemiyaga qarşi kuraş jarayonida murakkab vazifa. Jahon bankining taxminlariga köra, pandemiya sababli yuzaga kelgan işsizlik tufayli Özbekistonda yana 448 000 kişi qaşşoqlikka uçraydi. Joriy yilda pul ötkazmalarning 40 foizga qisqarişi mamlakatdagi qaşşoqlikni yanada oşiradi. Salomatlik bilan boğliq xatarlar ham aholining qaşşoqlanişiga olib keladi.

OTBning yordami tufayli daromadi past oila va aholining zaif guruhlari uçun hukumatning ijtimoiy himoya tizimi qöllab-quvvatlanadi hamda mazkur çoralarni kengaytirişga erişiladi.

Daromadi past yana 250 000ta oilaga ijtimoiy yordam va hukumatdan bolalarni parvarişlaş uçun moddiy yordam körsatiladi. Bu holda yordam birinçi navbatda yolğiz ona, ajraşgan ayol va bevalarga körsatiladi.

2020 yilda Özbekistonda ijtimoiy yordam oladigan oilalar soni 843 000ni taşkil qilişi kutilyapti. Bu esa aholisi 33,9 mln kişini taşkil qiladigan davlat uçun sezilarli qamrov.

Bundan taşqari, 100 foiz örta oylik iş haqini qoplaydigan vaqtinçalik işsizlik böyiça nafaqalar karantinda bölgan ota-ona va farzandlarini parvariş qilayotgan şaxslarga berildi. Hukumat 1,04 million nafar maktab öqituvçilariga iş haqini tölaşda davom etdi. Bu öqituvçilarning 70%ni ayollar taşkil qiladi.

– OTBning yordami tufayli Özbekistonda işsizlik darajasaning pasayişi va yangi iş örinlarini taşkil qilinişiga qanday erişiladi?

– Pandemiyaning salbiy ta'siri sababli, işsizlik Özbekistonda jiddiy muammoga aylandi. 2019 yilda 9,4 foizga teng bölgan işsizlik darajasi joriy yilda 16,5 foizga ösişi taxmin qilinmoqda.

Özbekistonning ösib kelayotgan va diversifikatsiyalangan iqtisodiyotining negizini taşkil qilayotgan kiçik va örta korxonalar 2019 yilda mamlakatdagi rasmiy va norasmiy iş örinlarining 78 foizini va işlab çiqarişdagi umumiy uluşning 57 foizini ta'minlagan.

OTBning yordami tufayli iqtisodiyotni barqarorlaştiriş böyiça hukumat tomonidan köriladigan moliyaviy çoralar qöllab-quvvatlanib kelmoqda. Soliq yukini kamaytiriş, pandemiyaga duç kelgan KÖK (kiçik va örta korxonalar) tomonidan soliq va qarzlarni tölaş böyiça tölov muddatlarini keçiktiriş, kredit kafolatlarini beriş uçun tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi uçun qöşimça sarmoya, birinçi navbatda daromadi past oila a'zolari uçun iş örinlarini yaratiş böyiça hududlar kesimida katta bölmagan jamoat işlari şular jumlasidan.

Banklar ham aylanma sarmoyani töldirişda yordam beriş uçun KÖKga kredit liniyalarini kengaytirdi.

– KÖK (kiçik va örta korxonalar) haqida aytib ötdingiz. OTB tomonidan xususiy tarmoq, şu jumladan KÖKlarga körsatilayotgan yordam haqida ma'lumot bersangiz.

– OTB Özbekistonda xususiy tarmoqning rivojlanişini xamişa qöllab-quvvatlamoqda. OTB mamlakatdagi işbilarmonlik iqlimi yaxşilanişiga guvoh bölmoqda. Sönggi ön yillik davomida sezilarli muvaffaqiyatlarga erişildi. Biznes yuritişning osonligi böyiça mamlakat reytingi 2010 yilda 183 davlat orasida 150-örindan 2020 yilda 190 davlat orasida 69-öringaça kötarildi.

Şuningdek, biznes oçiş yöl-yöriqlari va soliq tölaşni soddalaştiriş, milliy ozçilikni taşkil qiluvçi investorlarni himoya qiliş va şartnomalarni bajarişda ösişga erişilgani e'tirof etildi.

Bundan taşqari, KÖKlarni qöllab-quvvatlaşda OTBning iştiroki haqida aytib ötiş joiz. OTB tomonidan taqdim qilingan bir neçta loyiha tufayli KÖKlarning moliya mablağlaridan foydalanişiga osonlik yaratildi hamda banklarning kredit xatarlari böyiça va korporativ boşqaruvdagi salohiyati ta'minlandi. Hozirgi vaqtda KÖKlar uçun me'yoriy, muassasa va moliyaviy ekotizimni mustahkamlaş böyiça yangi dastur ustida işlar olib boryapmiz.

Xususiy soha oldida turgan yana bir muhim çaqiriq – malakali işçi kuçining yetişmovçiligi. OTB hukumat bilan xodimlarni tayyorlaşda va ularning malakali könikmalarini rivojlantiriş ustida işlar olib bordi. Hozirgi kunda Özbekistonda kasbiy-texnikaviy öqitiş muassasalarini mustahkamlaş hamda bozor talablariga binoan ulardagi öquv dasturlari böyiça yangi loyihani işlab çiqiş arafasidamiz.

Eslatib ötamiz, 500 mln dollar miqdoridagi qarz mablağlari 15 yil muddatga (şundan 3 yil imtiyozli davr), libor (6 oylik, bugungi kunda – 0,4%) + spred (0,5%) yillik foiz stavkasida ajratilmoqda.