Visual Capitalist tayyorlagan infografika Jahon bankining International Debt Statistics - xalqaro qarz statistikasi maʼlumotlariga asoslangan. Unga uşbu tizim doirasida hisobot bergan davlatlar kiritilgan.

Reyting Xitoy oldidagi barça turdagi qarzlarni emas, aynan tölanmagan uzoq muddatli davlat qarzi va davlat kafolatlagan majburiyatlarni qamrab oladi.

Pokistonning qarzi Angolanikidan qariyb 8 milliard dollar köp. Islomobod va Pekin önlab yillardan beri yaqin harbiy va iqtisodiy aloqalarni saqlab keladi. Xitoy mablağlari Pokistonda yirik elektr energetikasi va transport infratuzilmasi loyihalarini amalga oşirişga yönaltirilgan.

Angolaning Xitoy kreditorlari bilan hamkorligi mamlakatdagi uruşdan keyingi tiklaniş davrida kengaygan. 2004-yilda unga 2 milliard dollarlik kredit liniyasi ajratilgan. Tiklaniş işlari davom etgani sari moliyalaştiriş hajmi ham oşgan.

Şu bilan birga, Angola qarzini qisqartirişga erişmoqda: 2023–2024-yillarda uning Xitoy oldidagi majburiyatlari qariyb beşdan bir qismga kamaygan. Biroq kreditlarni muddatidan oldin tölaş imkoniyati köp jihatdan jahon neft narxlariga boğliq bölib qolmoqda.

Keniyaning Xitoy kreditorlari oldidagi qarzi 5,37 milliard dollarni taşkil etadi. Bu mamlakatda Xitoy kreditlari Mombasa - Nayrobi temiryöli qiymatining qariyb 90 foizini qoplagan. Magistral poytaxtni mamlakatning asosiy dengiz porti bilan boğlab, yölovçi va yuk taşişga xizmat qilmoqda.

Bunday loyihalar Xitoy kompaniyalariga ham buyurtmalar keltiradi. Keniyadagi temiryölni ham, Addis-Abeba - Jibuti liniyasini ham xitoylik pudratçilar qurgan. Xitoy korxonalari uskuna yetkazib beriş va infratuzilmadan foydalaniş işlarida ham iştirok etgan.

Qarzning iqtisodiyot hajmiga nisbati esa ayrim mamlakatlar uçun jiddiy masala bölib qolmoqda. Masalan, Kongo Respublikasining Xitoy oldidagi qarzi 2,97 milliard dollarga teng. Bu mamlakat nominal yillik yalpi içki mahsulotining öndan bir qismidan köproğini taşkil etadi.

Xitoyning kredit siyosati «qarz tuzoği diplomatiyasi» haqidagi bahslarga ham sabab bölgan. Uşbu qaraş tarafdorlari yirik infratuzilma kreditlari qarz oluvçi davlatlarni moliyaviy jihatdan qaram qilib, Pekinning strategik taʼsirini kuçaytirişi mumkinligini aytadi.

Bu muhokamalarda Şri-Lankadagi Hambantota porti loyihasi köp tilga olinadi. Mamlakatning Xitoy kreditorlari oldidagi qarzi 8,69 milliard dollarni taşkil etgan.