«COVID-19 kasalligi mehribon ona, fidoyi, jonkuyar, xalqparvar, bemorlar dardiga davo bölib kelgan şirinsuxan hamşira Feruza Asqarovnani oramizdan bevaqt olib ketdi.

Bemorlarga yordam körsatib çarçamagan, ayniqsa hozirgi vaqtda fidoyilik körsatgan Feruza opa sönggi vaqtgaça öz kasbiga sadoqat bilan yondaşdi.

Oğir judolik sabab Olmazor tumani hokimligi nomidan marhumaning oila a'zolariga çuqur ta'ziya  va hamdardlik bildiramiz. Ularga yaratgandan sabr tilab qolamiz. Alloh ötganlarning oxiratlarini obod aylasin», deyiladi tuman hokimligi ta'ziyanomasida.

Hozirça Soğliqni saqlaş vazirligi bu ölim holati haqida rasman axborot bermadi. Vazirlikning bugun e'lon qilgan axborotlarida 67 va 49 yoşli bemorlar vafoti haqida aytilgan.

Vazirlik hozirgaça 85ta ölim holatini rasman tasdiqlagan. Ammo jamoatçilikka ma'lum ölimlar soni 88taga yetdi. Bungaça 15 iyul kuni Davlat xizmatlari agentligining Navoiy viloyatidagi xodimi Adhamjon Dehqonov 61 yoşida, 18 iyul kuni Madaniyat vazirligi xodimi Akmal Irisov 32 yoşida koronavirusdan vafot etgani xabar qilingan, biroq hozirça uşbu holatlar SSV tomonidan tasdiqlangani yöq.

17 iyul kuni Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi boşqarma boşliği Sanjar Abduqodirov 40 yoşida hayotdan köz yumgan edi. Qömita öz ta'ziyanomasida ölim sababiga aniqlik kiritmagani koronavirus degan taxminni yuzaga keltirgandi, ammo SSV bu borada ma'lumot berganiça yöq.