Rasmiy statistikaga asosan, jami qurbonlar 83 nafar yetdi. Sirdaryoda ham ilk qurbon berildi va virus oqibatida ölim yuz bermagan hudud sifatida faqatgina Andijon viloyati qolmoqda.

Birinçi ölim

Toşkent şahri Mirobod tumanida yaşagan 67 yoşli N.S.da (erkak) 14 iyul kuni koronavirus tasdiqlangan va u Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 kasalligining öta oğir keçişi, ikki tomonlama pnevmoniya taşxisi qöyilgan. Xastalik ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligi bilan keçgan.

Şuningdek, gipertoniya, arterial gipertenziya hamroh kasalliklari bilan ham oğrigan.

Biroq şifokorlar tomonidan standartlar asosida ötkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin oğirlaşib, ötkir yurak qon-tomir va nafas yetişmovçiligidan vafot etdi.

Ikkinçi ölim

Şayxontohur tumanida yaşagan 49 yoşli A.A. (erkak)da 14 iyul kuni koronavirus tasdiqlangan va u Virusologiya ilmiy tekşiriş instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasining öta oğir keçişi, ikki tomonlama pnevmoniya taşxisi qöyilgan. Bemorda gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar ham aniqlangan.

17 iyul kuni mutaxassislar tomonidan töliq hajmda, standart asosida ötkazilgan reanimatsion çoralarga qaramasdan, gipertoniya va arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar fonida bemorning ahvoli keskin oğirlaşib, ötkir yurak qon-tomir va nafas yetişmovçiligining 4-darajasi hamda poliorgan yetişmovçiligidan vafot etdi.

Uçinçi ölim

Guliston tumanida yaşagan 69 yoşli T.S. (erkak)da 11 iyul kuni koronavirus tasdiqlangan va Sirdaryo viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasining reanimatsiya bölimiga yotqizilgan.

Bemorga miokard infarkti, COVID-19 infeksiyasi, ikki tomonlama pnevmoniya taşxisi qöyilgan.

Bemor bundan avval 29 iyun kuni miokard infarkti taşxisi bilan Guliston tumani markaziy şifoxonasida davolangan. Şuningdek, bemorda gipertoniya kasalligining va semizlikning 3-darajalari borligi aniqlangan.

Uşbu hamroh kasalliklar fonida taşxis qöyilgan kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin oğirlaşgan bemor, mutaxassislar tomonidan töliq hajmda, standart asosida ötkazilgan reanimatsion çoralarga qaramasdan, ötkir yurak qon-tomir va nafas yetişmovçiligidan vafot etgan.