«Şuni aytiş mumkinki, hozirgi kunda şamollaş yoki ötkir respirator kasallik alomatlari bor köpçilik fuqarolar özlari xususiy klinikalarga yoki tuman SESlariga murojaat qilişib test topşiryaptilar. Test natijasi manfiy çiqsa ham, kasallik simptomlari bor-ku, deb şubhaga tuşyaptilar. Şuning uçun test topşirişdan oldin infeksionist körigidan ötiş kerak.
Terapevt-infeksionist körigidan ötgan kişida kasallik alomatlari bölsa va epidemiologik körsatma berilsa, uni koronavirusda gumon qilib tekşiriş mumkin. Koronavirus pandemiyasidan oldin xam aholi örtasida oddiy şamollaş holatlari köp bölgan, şu jumladan, pnevmoniya ham.
Karantin davrida aksariyat fuqarolar uyda ötirişibdi, köçada harorat baland, uyda esa xonani sovutiş uçun konditsionerlardan foydalanişadi – özlari bilmagan xolda sovuq xavo ta'sirida şamollaş holati boşlanadi yoki surunkali kasalliklarning qözişiga olib keladi. Şuning uçun pnevmoniya bilan kasallansa ham, virus yuqtirmagani uçun test natijasi manfiy çiqadi.
Bunday holatda asosiy kasallikni davolaş va virusdan ehtiyot böliş zarur. Agar virus yuqtirsa, kasallik asoratlanib, oğir keçadi», – dedi Oqilov 20 iyul kuni AOKAdagi ştabda bölib ötgan brifingda.













